SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1270
-
Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan va o’zlashtiriladigan fan mavzularini animatsiya ,
grafika , multiplikatsiya ovoz kabi kompyuter va axborot
texnologiyalaridan foydalanish;
-
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’quv fanlarini o’zlashtirish uchun ko’nikmlalar hosil
qilish;
-
O’quvchilarni mustaqil ishlari va mavzularni o’zlashtirish uchun yangi sharoit yaratish
kabilar.
Bu boradagi olib boriladigan ishlar ta’lim-tarbiya tizimidagi zamonaviy axborot
texnologiyalarining multimedia imkoniyatlarini ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish va joriy
qilish bilan bog’liqligi , ulardan maqsadli foydalanish ta’lim-tarbiya jarayoning samaradorligini
oshirishga olib keladi. Bu jarayonda multimedia vositasi boshlang’ich sinfda o’rganiladigan har
bir fanga tatbiq etish orqali bu fanlarning o’zlashtirish qamrovini oshiradi.
Meyer bo‘yicha multimedianing samaraliligi tamoyillari.
Multimedia dasturlari orqali o‘qitish o‘quv materialining mazmuniy komponentlarini keng
ko‘lamda tizimga keltirishga ko‘maklashadi, ta'lim oluvchilarga ta'limning to‘liq yoki
qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va o‘tish imkonini beradi.
Ta'lim vositalarining yangi
shakli nafaqat muloqot, axborotlarni o’zatish
uchun yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an'anaviy ta'lim va ma'lum ommaviy
axborot vositalari bilan taqqoslaganda zamonaviy madaniyatda o‘zgacha o‘rin olgan yangi
muammolarning, yechimlarning, yangi kesishish nuqtalarining
vujudga kelishi uchun ham
imkoniyatlar yaratadi.
Pedagogika fani tajribalari va amaliyotining shaxsga yo‘naltirilgan
ta'lim modeliga diqqati ko‘p jihatdan ilmiy qarashlari markazida insonga urg‘u beriluvchi
falsafiy qarashlar taraqqiyoti bilan bog‘langan. Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim shunday ta'limki, u:
• Ta'lim oluvchiga yo‘naltirilgan va unga ta'lim jarayonining eng asosiy qadriyati sifatida e'tibor
qaratilgan;
• Ta'lim oluvchining shaxsiy sifatlarini namoyon qilishga va shakllantirishga, tafakkurini
rivojlantirishga, uning ijodkor, faol va tashabbuskor
shaxs sifatida yetilishiga, o‘rganishga
bo‘lgan va ma'naviy ehtiyojlarini qoniqtirishga; ularning zehnini, kommunikativ va ijtimoiy
qobiliyatlarini, o‘zini o‘zi kamol toptirish va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga
qaratilgan sharoitlarni yaratishga ko‘maklashadi;
• yangi ijtimoiy
sharoitlarga moslashuvchanlik, yangi ixtisos olishga va bilimlarni mustaqil
o‘zlashtirishga qobiliyatli mutaxassislarga bo‘lgan jamiyat ehtiyojlarini ta'minlashga
yo‘naltirilgan.
Multimedia vositalarini ta'limda qo‘llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
• ta'limning gumanizatsiyalashuvini ta'minlash;
• o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish;
• ta'lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish
(o‘zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta'lim olish, o‘zini o‘zi tarbiyalash, o‘zini o‘zi
kamol toptirishga
qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga
qo‘llay olishi, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, mehnatga bo‘lgan munosabati);
• ta'lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1271
• kompyuter vositalari va axborot elektron ta'lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida
(individual) ta'lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta'limni
individuallashtirish va
differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
• ta'lim oluvchiga faol bilim oluvchi sub'yekt sifatida qarash, uning qadr- qimmatini tan olish;
• ta'lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
• mustaqil o‘quv
faoliyatini olib borish, bunda ta'lim oluvchi mustaqil o‘qib va rivojlanib boradi;
• ta'lim oluvchilarda, o‘zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez
o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta'lim
texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish.
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan ta'limni amalga oshirish jarayoni
zamonaviy, ko‘ptarmoqli, predmetga yo‘naltirilgan multimediali o‘quv vositalarini ishlab
chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma'lumotlar bazasi, ta'lim yo‘nalishi
bo‘yicha bilimlar bazasi, sun'iy intellekt tizimlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, o‘rganilayotgan
jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo‘lgan
laboratoriya
amaliyotlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: