Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo’llash ikromova Ominaxon Elmurod qizi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix22.09.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#147022
1   2   3   4
B-259

MUHOKAMA 
Ta'lim 
oluvchilarning 
individual 
xususiyatlarini 
hisobga 
olish 
va 
ularning 
manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirishga ko‘maklashish imkoniyatlariga ko‘ra, shuningdek, 
har xil turdagi multimediali o‘quv axborotlarining uyg‘unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik 
sifatlariga ko‘ra multimedia foydali va mahsuldor ta'lim texnologiyasi hisoblanadi. 
Interfaollikning ta'minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan 
taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta'lim 
oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. 
Interfaollik ma'lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta'lim 
oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o‘zgartirishi, natijalarini o‘rganishi, 
foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so‘roviga javob berishi, materiallarni 
taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan 
foydalanishda bir qator jihatlarni e'tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o‘quv 
materiallari tushunish uchun qulay bo‘lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali 
taqdim etilishi talab qilinadi. 
Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to‘liq ochib berish va ulardan 
samarali foydalanish uchun ta'lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o‘qituvchining ko‘magi 
zarur bo‘ladi. 
Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo‘llashda ham ta'lim 
strategiyasi ta'lim jarayonida o‘qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta'lim 
oluvchilarga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan 
shug‘ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki 
animatsiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko‘rinishdagi matnlarga qaraganda ancha 
jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to‘ldirgan holda zaruriy emotsional 
darajani ta'minlab turishi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta'lim yo‘nalishlari (stillari) 
uyg‘unligida qo‘llanilishi va ta'lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga 
doir hususiyatlariga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta'lim 
oluvchilar bevosita o‘qish orqali, ba'zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) 
ko‘rish orqali ta'lim olishni va bilimlarni o‘zlashtirishni xush ko‘radilar.Interfaol multimedia 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1272 
texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo‘lgan ta'lim oluvchiga noan'anaviy qulaylik tug‘diradi. 
Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta'lim oluvchilarda fonologik malakalar va o‘qish 
malakalari o‘sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o‘zlashtirishlarini ta'minlaydi. 
Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan 
kelib chiqib foydalanishga imkon beradi. Multimedia vositalari ta'lim berishning samarali va 
istiqbolli quroli (instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an'anaviy ma'lumotlar manbaidan ko‘ra 
keng ko‘lamdagi ma'lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda 
nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan foydalanish; 
axborot turlarini ta'lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o‘rganishiga 
mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi. 
Multimedia vositalarini ta'limda qo‘llashning asosiy muammolari va kamchiliklari. 
Ta'limda multimedia vositalaridan foydalanishning umumiy bo‘lgan birmuncha salbiy taraflari 
ham mavjud. Ular jumlasiga diqqatning bo‘linishi, materiallarni yaratishdagi murakkabliklar, 
vaqtning ko‘proq talab etilishi, dasturiy ta'minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda 
vujudga keladigan muammolar, axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi 
qiyinchiliklar va boshqa jihatlar kiradi. 
Diqqatning bo‘linishi. Axborotlarni taqdim etishning murakkab usullaridan foydalanish 
aksariyat hollarda har xil nomutanosibliklar tufayli ta'lim oluvchilar diqqatini o‘rganilayotgan 
asosiy mavzudan chalg‘itishi mumkin. Multimedia vositalarida taqdim etilayotgan katta 
hajmdagi ma'lumotlar, turli havola (ssыlka) va shu kabilar dars jarayonida o‘quvchi diqqatini 
bo‘lishi mumkin 
O‘quv materiallarini yaratishdagi murakkabliklar. Multimedia vositalarining audio, 
video, grafik va boshqa elementlarini yaratish an'anaviy matn ko‘rinishidagi materiallarni 
yaratishdan ancha murakkab. Vaqtning ko‘proq talab etilishi. Multimediali materiallarni 
mustaqil ravishda yaratish singari multimediadan ta'lim oluvchi sifatida foydalanish ham 
birmuncha ko‘proq vaqt sarflanishini talab etadi. Ayniqsa, multimediali ta'lim vositalarini 
yaratish uchun ko‘p vaqt va diqqat kerak bo‘ladi. Dasturiy ta'minot va texnika vositalarini 
sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar. Multimediali ta'lim vositalaridan 
samarali foydalanishni ta'minlash uchun dasturiy ta'minot va texnika vositalari talab darajasida 
sozlangan bo‘lishi zurur. Bunda multimediali ta'lim materiallarini taqdim etish jarayoni 
matnlarni tahrirlash va aks ettirishning oddiy vositalariga qaraganda yanada yuqori sifat va keng 
imkoniyatlar talab etadi. Axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar. 
Kompyuter ekranidan axborotlarni o‘qish qog‘ozga chop etilgan axborotlarni o‘qishga qaraganda 
noqulayroq. To‘liq o‘qib chiqishni talab etadigan katta hajmdagi matnli axborotlarni, 
shuningdek, gazeta, kitob va jurnallarni qog‘ozda chop etilgan variantda o‘qish birmuncha qulay. 
Aksariyat hollarda multimedia vositalarida zarur axborotlarni topish va uni qog‘ozga chop etib 
olish uchun ma'lumotlarni qidirish quroli taqdim etiladi. 
XULOSA 
Hozirgi kunda har bir kishining ish faoliyatida doimiy ravishda multimediadan 
foydalanish ehtiyoji mavjud. Multimedia vositalari zamonaviy axborot-kommunikatsion 
texnologiyalarining ajralmas qismi bo’lib , hayotimizning bir bo’lagiga aylangan. Multimedia 
texnologiyalaridan o’quv jarayonida foydalanish ta’lim sifatini hamda ta’lim oluvchining 
o’zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia texnologiyalari makro va 
mikroolam jarayonlarini modellashtirish va ularni tasavvur qilish , unutilmas daqiqalarni yozib 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1273 
olish , ko’ngilochar materiallarni tayyorlash imkonini beradi hamda insonlarning dam olishi va 
hordiq chiqarishga zamin yaratadi. 
REFERENCES 
1.
R.X.Alimov , O’.T.Xayitmatov , A.F.Xakimov , G.T.Yulchieva , O.X.Azamatov , 
U.A.Otajanov. Axborot tizimlari. Toshkent 2013. 
2.
Xodiev.B.Yu , va boshqalar. ‘’Informatika’’ Oliy o’quv yurtlari uchun dasrlik. Toshkent. 
TDIU , 2010 
3.
G’ulomov C.C , Alimov R.X , va boshqalar . Axborot tizimlari va texnologiyalari. Sharq. 
Toshkent 2000 
4.
www.ictcouncil.gov.uz 
5.
tami.uz/kitob.php 
6.
uz.denemetr.com/docs/769/index-317671-1.html 
7.
znanio.ru/media/multimediyaning tushunchalari 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin