MUHOKAMA
Ta'lim
oluvchilarning
individual
xususiyatlarini
hisobga
olish
va
ularning
manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirishga ko‘maklashish imkoniyatlariga ko‘ra, shuningdek,
har xil turdagi multimediali o‘quv axborotlarining uyg‘unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik
sifatlariga ko‘ra multimedia foydali va mahsuldor ta'lim texnologiyasi hisoblanadi.
Interfaollikning ta'minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan
taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta'lim
oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi.
Interfaollik ma'lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta'lim
oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o‘zgartirishi, natijalarini o‘rganishi,
foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so‘roviga javob berishi, materiallarni
taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan
foydalanishda bir qator jihatlarni e'tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o‘quv
materiallari tushunish uchun qulay bo‘lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali
taqdim etilishi talab qilinadi.
Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to‘liq ochib berish va ulardan
samarali foydalanish uchun ta'lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o‘qituvchining ko‘magi
zarur bo‘ladi.
Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo‘llashda ham ta'lim
strategiyasi ta'lim jarayonida o‘qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta'lim
oluvchilarga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan
shug‘ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki
animatsiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko‘rinishdagi matnlarga qaraganda ancha
jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to‘ldirgan holda zaruriy emotsional
darajani ta'minlab turishi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta'lim yo‘nalishlari (stillari)
uyg‘unligida qo‘llanilishi va ta'lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga
doir hususiyatlariga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta'lim
oluvchilar bevosita o‘qish orqali, ba'zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni)
ko‘rish orqali ta'lim olishni va bilimlarni o‘zlashtirishni xush ko‘radilar.Interfaol multimedia
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1272
texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo‘lgan ta'lim oluvchiga noan'anaviy qulaylik tug‘diradi.
Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta'lim oluvchilarda fonologik malakalar va o‘qish
malakalari o‘sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o‘zlashtirishlarini ta'minlaydi.
Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan
kelib chiqib foydalanishga imkon beradi. Multimedia vositalari ta'lim berishning samarali va
istiqbolli quroli (instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an'anaviy ma'lumotlar manbaidan ko‘ra
keng ko‘lamdagi ma'lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda
nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan foydalanish;
axborot turlarini ta'lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o‘rganishiga
mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
Multimedia vositalarini ta'limda qo‘llashning asosiy muammolari va kamchiliklari.
Ta'limda multimedia vositalaridan foydalanishning umumiy bo‘lgan birmuncha salbiy taraflari
ham mavjud. Ular jumlasiga diqqatning bo‘linishi, materiallarni yaratishdagi murakkabliklar,
vaqtning ko‘proq talab etilishi, dasturiy ta'minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda
vujudga keladigan muammolar, axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi
qiyinchiliklar va boshqa jihatlar kiradi.
Diqqatning bo‘linishi. Axborotlarni taqdim etishning murakkab usullaridan foydalanish
aksariyat hollarda har xil nomutanosibliklar tufayli ta'lim oluvchilar diqqatini o‘rganilayotgan
asosiy mavzudan chalg‘itishi mumkin. Multimedia vositalarida taqdim etilayotgan katta
hajmdagi ma'lumotlar, turli havola (ssыlka) va shu kabilar dars jarayonida o‘quvchi diqqatini
bo‘lishi mumkin
O‘quv materiallarini yaratishdagi murakkabliklar. Multimedia vositalarining audio,
video, grafik va boshqa elementlarini yaratish an'anaviy matn ko‘rinishidagi materiallarni
yaratishdan ancha murakkab. Vaqtning ko‘proq talab etilishi. Multimediali materiallarni
mustaqil ravishda yaratish singari multimediadan ta'lim oluvchi sifatida foydalanish ham
birmuncha ko‘proq vaqt sarflanishini talab etadi. Ayniqsa, multimediali ta'lim vositalarini
yaratish uchun ko‘p vaqt va diqqat kerak bo‘ladi. Dasturiy ta'minot va texnika vositalarini
sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar. Multimediali ta'lim vositalaridan
samarali foydalanishni ta'minlash uchun dasturiy ta'minot va texnika vositalari talab darajasida
sozlangan bo‘lishi zurur. Bunda multimediali ta'lim materiallarini taqdim etish jarayoni
matnlarni tahrirlash va aks ettirishning oddiy vositalariga qaraganda yanada yuqori sifat va keng
imkoniyatlar talab etadi. Axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar.
Kompyuter ekranidan axborotlarni o‘qish qog‘ozga chop etilgan axborotlarni o‘qishga qaraganda
noqulayroq. To‘liq o‘qib chiqishni talab etadigan katta hajmdagi matnli axborotlarni,
shuningdek, gazeta, kitob va jurnallarni qog‘ozda chop etilgan variantda o‘qish birmuncha qulay.
Aksariyat hollarda multimedia vositalarida zarur axborotlarni topish va uni qog‘ozga chop etib
olish uchun ma'lumotlarni qidirish quroli taqdim etiladi.
XULOSA
Hozirgi kunda har bir kishining ish faoliyatida doimiy ravishda multimediadan
foydalanish ehtiyoji mavjud. Multimedia vositalari zamonaviy axborot-kommunikatsion
texnologiyalarining ajralmas qismi bo’lib , hayotimizning bir bo’lagiga aylangan. Multimedia
texnologiyalaridan o’quv jarayonida foydalanish ta’lim sifatini hamda ta’lim oluvchining
o’zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia texnologiyalari makro va
mikroolam jarayonlarini modellashtirish va ularni tasavvur qilish , unutilmas daqiqalarni yozib
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1273
olish , ko’ngilochar materiallarni tayyorlash imkonini beradi hamda insonlarning dam olishi va
hordiq chiqarishga zamin yaratadi.
REFERENCES
1.
R.X.Alimov , O’.T.Xayitmatov , A.F.Xakimov , G.T.Yulchieva , O.X.Azamatov ,
U.A.Otajanov. Axborot tizimlari. Toshkent 2013.
2.
Xodiev.B.Yu , va boshqalar. ‘’Informatika’’ Oliy o’quv yurtlari uchun dasrlik. Toshkent.
TDIU , 2010
3.
G’ulomov C.C , Alimov R.X , va boshqalar . Axborot tizimlari va texnologiyalari. Sharq.
Toshkent 2000
4.
www.ictcouncil.gov.uz
5.
tami.uz/kitob.php
6.
uz.denemetr.com/docs/769/index-317671-1.html
7.
znanio.ru/media/multimediyaning tushunchalari
Dostları ilə paylaş: |