Taʼlimning maqsadi obyektiv hayot talablariga muvofiq holda
oʻzgarib borgani kabi, taʼlimning xarakteri, yoʻnalishi ham uning
maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik tarzda taraqqiy
etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari,
his-tuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.
Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish —
jamiyatning
moddiy-texnika
bazasini
yaratish,
ijtimoiy
munosabatlarni
tarkib
toptirish,
jamiyatning
yangi
aʻzosini
tarbiyalashga yordam beradi.
Taʼlim - bolaning bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir.
Bolalar qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan taʻlimiy
qoidalar tarzida namoyon boʻladi. Taʻlimiy tamoyillarda taʼlimning
mazmuni va jarayonlariga qoʻyilgan talablar belgilanadi. Taʼlimning
maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek, muayyan oʻquv
tashkilotlarining xususiyatiga muvofiq tarixan oʻzgarib boradi.
Taʼlim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shart-
sharoit, fan va texnika, sanʼat va shu kabilarni hisobga olgan holda
belgilanadi. Kasb-hunar texnikumlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv
yurtlaridagi taʼlimning mazmuniga umumiy maʼlumotdan tashqari
muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur boʻlgan maxsus bilim,
malaka va koʻnikmalar ham kiradi. Taʼlim mazmuni oʻquv reja va
dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. Taʼlimda qoʻyilgan
maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va
shakllar (maʼruza, suhbat, tajribalar oʻtkazish, koʻrgazmali qurollarni
qoʻllash, kuzatish, mashq va h.k)dan foydalaniladi. Oʻquv jarayonida
texnik vositalar (film, televideniye, radio, kompyuter, proyektor
boshqalar)ni keng qoʻllash taʼlim metodini ishlab chiqishga katta taʼsir
koʻrsatadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul
qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda maʻqullangan hamda
2020-yil 24-sentyabrda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining
“