8
Oʻzbekiston
Respublikasida
davlat
maktabgacha
taʻlim
muassasasi toʻgʻrisida Nizomga muvofiq bola maktabgacha taʻlimni
uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda taʻlim va tarbiya berishi orqali
yoki
doimiy
faoliyat
koʻrsatadigan
maktabgacha
taʻlim
muassasalarida, shuningdek, muassasaga jalb qilinmagan bolalar
uchun maktabgacha taʻlim muassasalarida, maktablarda, mahallalarda
tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Maktabgacha
yoshdagi bolaning maktab taʻlimiga oʻtishi hamisha uning hayoti,
ahloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy tub oʻzgarishlarni yuzaga
chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha
taʻlim muassasasida yoki uydayoq maktab taʻlimiga
tayyorlash,
bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, koʻnikma va malakalar bilan
tanishtirish kerakOʻquv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni
qoʻllash va ulardan unumli natija ola bilish esa pedagogdan katta
salohiyat hamda mahorat talab etadi.
Barkamol avlodni tarbiyalash va ularni davr talabiga mos qilib
shakllantirish azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi boʻlib kelganligi
barchamizga maʻlum. Buyuk donishmand Abu Ali Ibn Sino oʻz
pedagogik qarashlarida “Har bir kishini uning borligʻi va qobiliyatiga
koʻra oʻqitish kerak. Aks holda taʻlim-tarbiya koʻzlangan
natijani
bermaydi”, degan gʻoyani ilgari suradi. Alisher Navoiy, Husain Voiz
Koshifiy va boshqa yirik mutafakkirlar taʻlim-tarbiya haqidagi
masalalarni hal qilishda asosiy eʻtiborni (bola) shogirdning bajarishi
talab qilinadigan shartlarga qaratganlar. Darhaqiqat, pedagogning eng
muhim sifati – har doim biror narsani oʻylab topishga intilish,
bolalarni ham shunday faoliyatga undash hisoblanadi. “Bolalarni
oʻylashga oʻrgatish uchun ularda oʻylab topish koʻnikmasini
shakllantirish kerak” (Dj.Rodari). Aynan oʻz-oʻzini rivojlantiradigan,
doimiy takomillasha oladigan pedagoggina zamonaviy maktab taʻlimi
oldiga qoʻygan vazifalarni bajara oladi. Bunday pedagog bola shaxsini
rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllab-quvvatlaydi
1
.
Anʻanaviy
pedagogika
(Ya.A.Komenskiy,
I.Gerbart,
A.V.Disterverg, I.G.Pestalossi) taʻlim jarayonini katta yoshlilar,
pedagoglarni subyekt sifatida oʻz tajribasini bolaga koʻchirish, deb
taʻriflagan. Bunda bola-harakat yoʻnalgan obyekt deb qabul qilingan.
1
Maslou A. Motivatsiya i lichnost. 3-ye izd./ SPb: Piter, 2009. B -120
9
Taʻlim tizimining asosiy maqsadi esa –
bolani hayotga tayyorlash
boʻlib, uni oʻqitish mazmuni, usullarini pedagog belgilaydi
2
.
Jamiyatimizning hozirgi taraqqiyot bosqichida faol, maqsad sari
intiluvchan, ijodkor shaxsga boʻlgan ehtiyoji kuchaymoqda. Shuning
uchun ham oʻquv-tarbiya jarayonida shaxsni har tomonlama
rivojlantirish uchun qulay pedagogik shart-sharoitlar yaratishga
alohida eʻtibor qaratilmoqda. Bunda asosiy vazifa pedagog zimmasiga
tushadi. Pedagog har bir bolaning oʻquv ehtiyojlarini qondirishi,
ularning mayllari, qiziqishi va imkoniyatlarini
aniq hisobga olgan
holda taʻlim berishi kerak
3
.
Hozirgi kun zamonaviy taʼlimining rivojlanishi yangi yoʼnalish -
innovatsion faoliyatni taqozo etmoqda. «Innovatsion pedagogika»
termini va unga xos boʼlgan tadqiqotlar XX asrning 60-yillarida
Gʼarbiy Yevropa va АQShda paydo boʼlgan. Dastlab innovatsion
faoliyat F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.А.Kan-
Kalik, N.V.Kuzmina, V.А.Slatenin, А.I.Sherbakov ishlarida tadqiq
etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilgʼor
pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan.
X.Barnet, Dj.Basset, D.Gamilton, N.Gross, M.Mayez, А.Xeyvlok,
D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion rivojlanishlarni boshqarish,
taʼlimdagi oʼzgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti» va
«faoliyati» uchun zarur boʼlgan shart -sharoitlar masalalari tahlil
qilingan.
Yangilik kiritishning psixologik aspekti
amerikalik olimlardan
biri E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish
jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka
boʼlgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etgan.
“Innovatsion taʻlim texnologiyalari” tushunchasi keng qamrovli
mazmunga ega. Usbu tushunchani izohlash uchun avvalambor
Dostları ilə paylaş: