O‘zbekistonda ilm-fanning rivojlanish istiqbollari



Yüklə 37,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix22.09.2023
ölçüsü37,65 Kb.
#147184
  1   2   3   4
848-851 Umumiy o\'rta ta\'lim maktablarida linzalar mavzusini o\'qitish metodikasi



 
“O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” 
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
 
848
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA LINZALAR MAVZUSINI O’QITISH 
METODIKASI 
Umbarov Abduvohid Uktam o'g'li 
Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi 
umbarovabduvohid@gmail.com 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7377944
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy o`rta ta`lim maktablarida linzalar mavzusini 
o’qitishdagi metodikalar yoritib berilgan. 
Kalit so`zlar: metodika, linzalar, loboratoriya, fokus, masalalar yechish. 
 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika fanining “Linzalar” mavzusini o‘qitishga 4 soat 
ajratilgan bo‘lib, undan 2 soati ma’ruzaga, 1 soati laboratoriyaga, 1 soati amaliy mashg‘ulotga 
ajratilgan. Ushbu rejadan dars berayotgan o‘qituvchining o‘zi nazariy kurs, masalalar yechish va 
laboratoriya ishlarini o‘zi taqsimlab chiqishi lozim bo‘ladi. 
O‘quvchilar yorug‘likka tegishli bir qancha qonunlar mavjud bo‘lib, ulardan biri 
yorug‘likning to‘g‘ri chiziqli tarqalish qonunidir. Yorug‘lik tarqaladigan yo‘nalish yorug‘lik nuri 
deb atalishini, yorug‘lik nuri to‘g‘ri chiziqdan iboratligini, yorug‘lik shaffof bir jinsli muhitda 
(havoda, suvda, shishada) to‘g‘ri chiziq bo‘yicha tarqalishini, yorug‘likning qaytish va sinish 
qonunlari haqida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishlari kerak. 
Yangi dars bayonida:
Mavzuni bayon etishda sodda fikrlar blan mavzu yoritiladi va 
asosiy tushunchalar beriladi. Mavzu bayonida xam talabalar e’tiborini qaratish va diqqatini 
mavzuga qaratish uchun muammoli savolar, fikrlar va misollar keltirib turilsa maqsadga 
muvofiq bo‘lardi. Linzaning turi, ko‘rinishi, ishlatilishi va kamchiliklari, linza parametrlari, 
yupqa linza formulasini matematik ko‘rinishlarini yoritishda tayyorlangan slaydlardan 
foydalanilsa, keltirilgan misollar va chizmalar o‘quvchi talabalarning xotirasida uzoq muddat 
saqlanib qoladi. Linzaning kamchiligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar akademik litsey va 
bakalavriatda berilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
 
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun innovatsion texnologiyalardan «Aqliy hujum»,
«BBB». Foydalaniladi. “Linzalar haqida tushuncha. Linza va yupqa linza formulasi. To‘la ichki 
qaytish” mavzusini yoritishda axborot texnologiyalardan foydalanish mumkin, buning uchun 
kompyuterda tayyorlangan slaydlar o‘rinlidir, o‘tilgan mavzuni mustahkamlashda yoki yangi 
dars bayonida foydalaniladi. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning linzalar haqida tushuncha, linzalarda 
tasvir yasash, linzaning optik kuchi haqidagi bilimlari va o‘quvchilarning ixtisosligidan kelib 
chiqgan holda linzalarning amalda qo‘llanishiga to‘xtalish mumkin. To‘la ichki qaytish qonuni 
9- sinfda yorug‘likning qaytish va sinish qonuni mavzusi bilan birgalikda berilgan. 
Darslarda o‘quvchilarga linzalar haqida ma’lumot takrorlaymiz. 

Yüklə 37,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin