−
Soliq-byudjet hisobotlarining keng qamrovliligini, solishtiriluvchanligini va
yaxlitligini yaxshilash
; −
Davlat soliq-byudjet siyosati mo‘ljallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
kengaytirish lozim.
Uchinchi maqsad bo‘yicha
davlat siyosatining o‘rta va uzoq muddatli
maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash va unga erishish talablariga javob beradigan samarali
davlat moliyasini boshqarish tizimini yaratish maqsadida moliya yili davomida
moliyaviy resurslarning etarliligini baholash tizimi bo‘yicha qabul qilingan siyosiy
qarorlarning oqibatlari hamda ajratilgan byudjet mablag‘laridan foydalanish
natijalarini baholashga o‘tishni nazarda tutuvchi hamda soliq-byudjet siyosatiga
strategik yondashuvni joriy etish yuzasidan choralar ko‘rish lozim.
Davlat byudjeti kelgusi moliya yili uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
prognozlarini baholashni hamda kelgusi ikki yil uchun maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘z
ichiga oladi, lekin ularni ishlab chiqishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘zda
tutilmagan vaziyatlarni o‘z ichiga olmaydi. Bu esa makroiqtisodiy statistikaning sifati
bilan
bog‘liq
muammolar
prognozlarining
ishonchliligini
baholashni
qiyinlashtiradi.[5]
Byudjetni rejalashtirishning amaldagi tizimida strategik yondashuvning yo‘qligi
fiskal siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va Davlat byudjetining moliyaviy
imkoniyatlari asosida byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni taqsimlashni cheklaydi, bu
esa byudjet majburiyatlarining mantiqsiz o‘sishiga va ajratilgan byudjet
mablag‘laridan samarali foydalanishni nazorat qilinmasligiga olib keladi.
Shulardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan islohotlar
quyilagilardan iborat:
1. Byudjet jarayonini takomillashtirish
2. O‘rta muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish (MTBF)