Ommaviy oferta


Mijozni verifikatsiyalash



Yüklə 314,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix22.09.2023
ölçüsü314,31 Kb.
#147339
1   2   3   4   5   6   7
microloan offer 12 uz (1)

Mijozni verifikatsiyalash 
– Bank tomonidan olingan va bankda mavjud bo’lgan Mijoz shaxsiy 
ma’lumotlarining to’liqligini, to’g’riligini, aktualligini tekshirish;
 
Kredit olish to’g’risidagi ariza 
– Mijozning mazkur Ommaviy ofertada nazarda tutilgan 
shartlarda Bank tomonidan Mijoz uchun hisoblab chiqilgan moliyalashtirish mumkin bo’lgan summa 
doirasida Onlayn mikroqarz olish to’g’risidagi MBXK tizimida taqdim etilgan arizasi. 
I. Shartnoma predmeti 
1.1. Bank Mijozga Kredit olish to’g’risidagi arizada Mijoz tomonidan ko’rsatilgan summada, biroq 
Bank tomonidan Mijoz uchun hisoblab chiqilgan moliyalashtirish mumkin bo’lgan summadan ortiq 
bo’lmagan miqdorda Onlayn mikroqarz taqdim etadi, Mijoz esa Bankka olingan Onlayn mikroqarz 
summasini qaytarish va mazkur Ommaviy oferta shartlariga muvofiq mikroqarzdan foydalanganlik 
uchun foizlarni to’lash majburiyatini oladi. 
II. Kreditlash shartlari va kredit uchun to’lov 
2.1. Bitta Mijoz uchun Onlayn mikroqarzning maksimal summasi – ariza berilgan kunida amaldagi 
bazaviy hisobning 100 miqdori.
2.2. Kredit ma’qullangan taqdirda bitta Mijoz uchun Onlayn mikroqarzning minimal summasi – 
500 000 (Besh yuz ming) so’m. 
2.3. Onlayn mikroqarzni taqdim etish muddati – 12 oy. 
2.4. Foiz stavkasi – yillik 23,99%. 
2.5. Onlayn mikroqarz yuzasidan asosiy qarz bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlikka nisbatan 
muddat kechiktirilgan birinchi kundan boshlab mazkur Ommaviy ofertaning 2.4-bandida ko’rsatilgan 
stavka 1,3 marotaba oshirilgan tarzda foiz hisoblanadi. 


2023 yil 20 Fevraldagi talqin 
KTQ-23,99% 
2.6. Ta’minotga doir talablar – Bank ixtiyoriga ko’ra ta’minotsiz yoki kredit qaytarilmasligi xavfini 
sug’urtalash polisi. 
2.7. Taqdim etish usuli – Mijozning mobil hamyoniga pul mablag’larini kiritish yo’li bilan. 
2.8. So’ndirish tartibi – Har bir Onlayn mikroqarz bo’yicha Mijozning MBXK tizimi interfeysida 
mavjud bo’lgan differensiyalangan to’lovli grafik bo’yicha har oyda.

Yüklə 314,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin