47
kuchli va kuchsiz tomonlari hamda ulardan foydalanishdagi hozirda mavjud
toʻsiqlarning mavjudligini bilgan holda foydalanishlari mumkin boʻladi.
“Kyubing” (Kublash) texnologiyasi tinglovchilarda
yuqori qiziqish
uygʻotadi. Kublash (ing. Tilidan cubing) – maʻruza va amaliy mashgʻulotlarda
yangi mavzu bayonida yoki koʻplab ogʻzaki va yozma ishlarda tayyorgarlik
bosqichida tez-tez ishlatiladigan kreativ texnologiya.
Kublash obyekt yoki
mavzuning turli tomonlarini oʻrganishga yordam beradi, shu bilan tinglovchini
oʻylab, kerakli mavzuni topishga majbur qiladi. Ushbu texnologiyaning nomidan
kelib chiqqan holda, tinglovchi kubni 6 ta tomonidan olti sifat boʻyicha
tavsiflashi lozim. Obʻyekt yoki gʻoya boʻyicha kamida olti xil fikrlash nuqtasini
kashf
qilish umumiy xulosalash, bir toʻxtamga kelishni qiyinlashtiradi.
Muammoning turli muammolarini almashtirish uchun quyidagi savollar
ishlatiladi: 1. Taʻrif:
bu mavzu nima, uning qanday xususiyatlari bor? 2.
Taqqoslash: mavzu yuzasidan tushunchalar taqqoslanadi. 3. Bogʻliqligi: bogʻliq
tushunchalar yoritiladi. 4. Tahlil: qanday tarkibiy qismlardan iborat? Boshqa
mavzular qaysi yoʻnalishda olib borilayotganiga qanday nuqtai nazardan kelib
chiqadi? Qaysi jihatlari bilan boshqa turlaridan farqlanadi? 5. Qoʻllanilishi:
kimga va nima uchun bu mavzu foydali? Uni boshqa joylarga koʻchirish
mumkinmi? 6. Baholash: ushbu mavzuning ijobiy tomonlari va foydasi qanday
boʻlishi mumkin? Sizga shaxsan qiziq narsa nima? Boshqalar uchun qiziqarli
boʻlishi mumkinmi?
Dostları ilə paylaş: