I BOB.
Ertak va masal janrini o‘qitishda yangi pedagogik
texnologiyadan foydalanish
Ijodiy o'qish
metodiga ham e'ibor qaratildi. Ijodiy o'qish asar o'qib berilgach,
o'quvchilarda hosil bo'lgan tasavvurni aniqlash maqsadida o'tkaziladigan suhbatda,
hikoyalardagi lavhalarga sarlavha topishda, reja tuzishda, qayta hikoyalashda, asar
mazmuniga mos rasrnlar chizishda, asar yuzasidan ijodiy xarakterdagi yozma ish yozishda
o'quvchilarni faollashtiradi.
Izlanish
metodidan ham foydalaniladi. Bu asar syujeti yuzasidan o'quvchilarga savol
tuzdirishda, qahramonlarga tasvir berishda o'z ifodasini topagi.
Dars davomida
reproduktiv metoddan
ham foydalaniladi. Masalan, o'qituvchi
dastlabki o'qish darslarida o'zi asar matnini qismlarga bo'ladi, yozuvchining aytmoqchi
bo'lgan muhim fikriga o'quvchilar diqqatini tortib, uni aniqlab ko'rsatadi, uni sarlavha
shakliga keltiradi, yozuvchi voqeani ifodalashda foydalangan so'z, ibora, ifodalarni aniqlab
ko'rsatadi, ularga yuklatilgan ma'noni o'quvchilar bilan birga aniqlaydi. Bular o'quvchilar
uchun bir ko'rsatma vazifasini bajaradi. Shundan so'ng o'quvchilar o'qituvchining yo'llovchi
savollari yordamida bu vazifalarni o'zlari bajaradilar.
Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida o’qituvchi faoliyati va o’quvchi
faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko’rsatiladi.
Hozirgi ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy vositalardan biri
interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitishning asosiy vazifalaridan biri bilimlarni
sistemalashtirish, so’zlar va ularning grammatik formulasini aniqlash, savodli yozuv
ko’nikmasini hosil qilishdir. Bolalarning savodxon bo’lishiga erishish uchun birinchidan
o’quvchilar xotirasida so’zlarning yorqin tasvirini mustahkamlash, ikkinchidan so’z tarkibi va
gap bo’laklarini hamda tez farqlash qobiliyatini o’stirish kerak. Bu vazifa morfologiyani
o’rganish jarayonida amalga oshiriladi.
Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan
sari kengroq foydalanmoqdalar. Pedagogik texnologiyani qo’llash natijasida o’qituvchilarni
mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, sog’lom muloqot,
munozara, baxs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib bormoqda. Texnologiyada
interfaol usullar ko’p turli bo’lib, ularning hammasiga ham har qanday progressiv usullar kabi
eng avvalo, oqituvchidan mashg’ulot oldidan katta tayyorgatlik ko’nikmasini talab qiladi. Shu
mashg’ulotlarni tashkil qilishda interfaol darsning asosiy xususiyatlarini uning an’anaviy
darsga nisbatan ayrim farqlarini ko’rib chiqish orqali yaqqolroq idrok etish mumkin. Shu
maqsadda
qo’yidagi
jadvalni
keltiramiz:
|