xulosalarga kelish
7 Vaqt taqsimoti
Dars vaqtining ko’p
qismi
o’qituvchining yangi mavzuni
tushuntirishi
,
tahlil
qilishi,
topshiriqlarni
tushuntirishi
o’zlashtirishni nazorat qilishda
sarflanadi
Dars
vaqtining
ko’p
qismi
o’qituvchilarni
mustaqil
topshiriqlarni
bajartirishiga,
fikr
almashishi,
mushohada
qilishi va hikoyalashida
sarflanadi
8 Darsning
modul
va
algoritmi
Darsning
modul
va
algoritmlaridan har bir o’qituvchi
o’zi
qo’llayotgan
metodga
muvofiq foydalanadi
Har bir dars oldindan
tayyorlangan modullar va
algoritmlarga,
loyihalarga
muvofiq
o’tkaziladi
9 O’qituvchilar
talab
qilinadigan
faollik darajasi
O’qituvchi har tomonlama faol
o’quvchilar diqqatini jamlash,
tushunish, fikrlash, topshiriqlarni
bajarish bo’yicha faol muloqot
shakllari
O’qituvchi
ham
o’quvchilar ham har
tomonlama
faollik ham
ijodkorlik shakllari
1
0
Bilimlarni
o’zlashtirishning
asosiy
usullari
Muloqot, muzokara, muhokama,
bahs mulohaza, tahlil, mushohada
va b.
Muloqot,
mutolaa
mushohada, muhokama,
munozara,
mulohaza,
tahlil va b.
1
1
Mashg’ulot shakllari
Ma’ruza,
semenar,
amaliy
mashg’ulot,
labaratoriya
mashg’uloti, davra suhbati, bahs,
konsultatsiya va b
Ma’ruza
guruh yoki juft
bo’lib
ishlash,
taqdimotlar, bahs, tahlil
va boshqalar
1
2
Kutiladigan natijalar
Mavzu bo’yicha o’uvchilarni
bilim,
ko’nikma malakalarini
oshirishlari
Mavzu
bo’yicha
o’quvchilarni o’z fikr,
xulosalarini
shakllantirish,
ularni
mustaqil bilim olishga
o’rgatish
Bu jadvalda hajm oshib ketmasligi uchun fikr juda qisqa bayon qilinadi.
Hozirgi ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri
interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars
mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarni mustaqil fikrlash, tahlil qilish,
xulosalar
chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot
munozara bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib bormoqda. Bu usullar
o‘quvchilarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod, zakovatlarini o’stirish orqali
ularning mustaqil fikrlaydigan komil insonlar bo’lib yetishishlariga xizmat qilgan. Interfaol
ta’lim usuli har bir o’qituvchi tomonidan mavjud vositalar o’z
imkoniyatlari darajasida
amalga oshiriladi. Bunda har bir o’qituvchi o’z motivlari va intellektual o’zlashtiriladigan
mashg’ulot olib borishni ta’minlaydi va bu darajaga ega holda mashg’ulotni oldindan ko’zda
tutilgan darajada o’zlashtiradi. Interfaol mashg’ulotlarni amalga qo’llash boyicha ayrim
tajribalarni o’rganish bo’yicha bu mashg’ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir
etuvchi ayrim omillarni ko’rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy pedagogik
ilmiy metodik hamda o’qituvchiga, o’quvchilarga ta’lim vositalarida bog’liq omillar deb atash
mumkin. Ular o’z mohiyatiga ko’ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishini nazarga tutishi
lozim.
Didaktik o’yinlar texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga
moslashgan. Ular o’quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatni ro’yobga chiqarish va
rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Didaktik o’yinlarning asosiy turlari intellektual va xarakterli hamda aralash o’yinlardan
iborat. Bu o’yinlar
ishtirokchilarga aqliy, jismoniy aqliy, axloqiy, badiiy, estetik mehnat va
boshqa ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Didaktik o’yinlar o’quvchilarda tahlil
qilish, mantiqiy fikrlash, ta’qiq qilish, hisoblash, o’lchash, yasash, sinash, kuzatish,
solishtirish, xulosa chiqarish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, ahloq-odob o’rgatish, yangi
bilimlar o’rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarga
ajratiladi.
Umumiy o’yinlar nazariyasiga ko’ra mavjud barcha o’yin
turlarini tasniflashga
mavzuli konstruktiv va didaktik o’yinlarga ajratadi. Bularning orasida didaktik o’yinlar
ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o’ringa ega.
O’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa
pedagok va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o’yinning ta’lim-tarbiyaviy
ahamiyatining o’rganish va yanada oshirish bo’yicha tadqiqotlar olib borishiga asos bo’ladi.
O’quvchilar bilimini mustahkamlashda ertak va masal matnini o‘rganish darslarida
o’yinlardan foydalanish ham yaxshi samara beradi.