Pedagogika-psixologiya fakulteti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/31
tarix22.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#147389
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
har xil janrdagi asarlarni oqitishda pedagogik texnologiyalardan

Darsning borishi
I. Chaqiruv bosqichi. 
Guruhlar taqdimoti. 
Bunda har bir guruh o'z nomining ma'nosini izohlaydi, nomini ifodalovchi rasm chizib 
ko'rsatishi ham mumkin. 
1-guruh - „Qorparcha": 
Men qish faslida dunyoga kelganman. Qir-adir, tog'u tosh, 
dala-dashtda uchib, o'ynoqlab yerga tomon intilaman. Hammayoqni oq choyshab bilan 
o'rayman. Men yoqqanda bolalar, hatto kattalar ham qorbo'ron o'ynaydi, qorbobo yasashadi. 
Qorxat yozishadi. 
2-guruh — „Ayozbobo": 
Men issiq havoni sovutaman. Yerlarni, suvlarni muzlataman. 
Men tufayli yaxmalaklar paydo bo'ladi. Bolalar yaxmalakda chang'ida, chanada va konki 
uchadi. Tarnovlarda sumalaklar paydo bo'ladi. 
3-guruh -,, Qorbobo ": 
Men qish faslida bolalarning eng sevimli bo-bosiman. Uzoq-
uzoq o'lkalardgan ularga yangi yil bayrami sovg'alarini, qorqizimni olib kelaman. Ularning 
kuy-qo'shiqlari, o'yin-kulgilari jaranglagan bayramni birga nishonlayman. Men tufayli 
Ayozboboning izg'irin, sovuqlarini sezmaydilar. Men ularga kuch-quvvat bag'ishlayman. 
Hammangizni yangi qutlug' yilingiz bilan tabriklayman. 
4-guruh - „Sumalak": 
Men Ayozbobo bilan Qorparchalarning farzandiman. Tomlarning 
bo'g'otida qishning quyosh nurlarida yaltirab turaman. U yerdan bolalarning o'yin-kulgilarini 
tomosha qilaman. Borib bolalarga qo'shilib o'ynay olmaganimdan ko'zlarimdan chak-chak 
yoshim oqadi. Shu ko'z yoshlarim bilan yerning dardlariga malham bo'laman. 
5-guruh - „Qish": 
Yuqoridagi so'zga chiqqanlarning barchasi mening dilbandlarim. Ular 
tufayli men borman. Ular tufayli men yilning boshida turaman. Dekabr, yanvar, fevral oylari 
mening qo'ynimda yashaydi. Ularning har biriga yaxshi kunlarni, bayramlarni taqsimlab 
berganman. 


8-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 31-dekabrda Yangi yil 
bayrami nishonlanadi. 14-yanvar Harbiylar kuni bayram qilinadi.
9-fevralda ulug' bobomiz Mir Alisher Navoiyning, 14-fevralda Mirzo Boburning tavallud 
kuni nishonlanadi. 
O'qituvchi o'quvchilarning javobini umumlashtirib, har bir guruhni rag'batlantiradi. Shu 
tarzda asarni o'qishga tayyorgarlik yakunlanadi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin