Sinf jamoasi 5-7
kishidan tahlilchilar, o‘quvchilar,
tilshunoslar,
tadqiqotchilar
(boshqalar ham bo‘lishi mumkin) kabi guruhlarga bo‘linib markazlarda ishlaydilar.
O‘qish markazi: «kitoblar olami». I guruh - o‘quvchilar.
Topshiriq: Ertakdagi ko‘rsatilgan qismni o‘qib, uni tiklash (Ertak kserokopiya qilinib,
7 qismga bo‘linadi. Har bir qismi kamalakning bir rangiga
mos keladigan rangdagi
qog‘ozlarga yopishtiriladi. O‘quvchilar bo‘lingan
matnni tiklab, to‘liq
javobni va kamalak
rangini hosil qiladilar).
2 guruh - tahlilchilar.
Topshiriq: ijodiy daftarda ishlash (matnga savollar qo‘yish)
Yozuv markazi: «ijodiy ish».
Har bir o‘quvchining daftarida qahramonlar hislatlariga tegishli so‘zlar yozilgan:
farzandi yo‘q, xomush, ko‘p bolalarni ko‘rdi, gulsiz tuvak ushlab o‘tirgan bolakay.
Topshiriq: Qahramonlarga taalluqli xislatlarni o‘qib, kimga tegishliligini ayting. Ertak
qahramonlaridan kimga tegishli gap yo‘qligini aniqlang (vazirga tegishli gap yo‘q). O‘zingiz
tanlang.
Ilmiy-tadqqiqot markazi.
Topshiriq: Ertakdagi qahramonlarga doir sifatlarni yozish va ularga taalluqli sifatlarni
qahramon nomi bilan birga yozing.
Natijada quyidagi jadval hosil bo‘ladi: Xomush podshoh. Aqlli vazir. Rostgo‘y bola.
Yolg‘onchi bolalar. Gulsiz tuvak. Prezedentatsiya:
Har
bir markazdan bir bola chiqib, o‘z ishlarining yakuni haqida so‘zlaydilar.
O‘qituvchi:
Qarang xattaxtamizda
Hosil bo‘ldi kamalak.
Quvonchimiz cheksizdir
Chunki baxtlimiz beshak!
Dostları ilə paylaş: