Demak dars yakunida ertak g'oyasiga mos shunday xulosaga kelinadi: „Boshingga qilich
kelsa ham to'g'ri gapir". O'quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o'zlari ham
yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
So'z ma'nolari ustida ishlashda boshlang'ich sinf o'quvchilariga mos bo'lgan usullardan
yana biri rasmdan foydalanishdir. Masalan, 2-sinfda
„Ko'ngilchan o'tinchi"
ertagida
qayin,
eman, shumtol, zarang, zirk, tog'terak, qarag'ay, qayrag'och, chinor kabi
daraxt nomlari
keltirilgan. Ularni bola ko'z oldiga keltira olmaydi. Ertakni o'qishdan oldin shu daraxt
rasmlarini ko'rsatib, uning o'ziga xos xususiyatlarini izohlash va nomlarini aytish lozim.
Shundan so'ng didaktik o'yin o'tkaziladi. Bunda daraxt rasmlari bolalarga bo'lib beriladi. Har
bir o'quvchi o'ziga berilgan rasmdagi daraxtning nomini aytishi va ertakdagi shu daraxtning
so'zini o'z so'zlari bilan aytib berishi kerak bo'ladi.
Shu ertakni o'qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o'quvchilardan
shaylanib, ro'parasida,
sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo
so'zlarining ma'nosi so'raladi. Javoblar to'ldiriladi,
umumlashtiriladi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo'llangan badiiy vositalar. jonlantirish,
metafora, mubolag'alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o'rganish darslarining qurilishi
quyidagicha bo'lishi mumkin:
Ertak bilan tanishtirish:
O'quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
O'qituvchining ertakni ifodali o'qishi, yod aytib berishi va hokazo.
Ertakni o'quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida
qisqacha suhbat o'tkazish;
Ertakni qismlarga bo'lib o'qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar,
ma'nodosh so'zlarni topish, lug'at ishi (ayrim so'zlar ma'nosini tushuntirish);
Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o'qish);
Ertakni so'zlab berish;
Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g'oyasini ochish);
Ma'lum topshiriq asosida ertakni qayta o'qish (ijodiy va mustaqil ishlar);
Vazifani tekshirish va yakunlash;
Uyda ertakni o'qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.
Dostları ilə paylaş: