Deyilishining ma’nosini hayotiy misollar bilan bolalarga anglatish, tomchi suv bir
o‘simlikni qurib qolishdan asrashi, e’tiborsizlik oqibatida bekorga oqib yotgan jo‘mraklarni
burab qo‘yish, tejalgan suvlar necha yillar o‘simlik, daraxtlarning o‘sishini ta’minlashi
mumkinligini, bu ishda, ayniqsa, bolalarning kattalarga yordami muhim ekanligini
tushuntirish vazifamizdir.
O‘quvchilarga o‘tmish haqida hikoyalar aytish oddiy pand-nasihatlardan avzaldir.
Bobo, buvilar aytgan quyidagi durdona so‘zlar bolalarga ijodiy ta’sir etadi: ”Suvga also
tupurmang, gunoh bo‘ladi. Oqar suvga musur narsalar tashlamang, bu ham gunoh bo‘ladi.
Undan odamlar ichadilar”. Donolar aytishgan.
Suvsiz hayot bo‘lmas,
Mehnatsiz rohat.
MAQOL O'RGANISH DARSI NAMUNASI Mavzu. Xalq hikmatlari.
O'quv materiali. Maqollar.
Darsning maqsadi: 1. O'quvchilarga maqollarning xususiyatlari haqida ma'lumot
berish. Maqollarni ifodali o'qish, mazmunini to'liq anglab yetish malakasini oshirish. 2.
Maqollar orqali o'quvchilar on-giga vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ilm olishga qiziqish,
kamtarlik, oqko'ngillik tuyg'ularini singdirish. 3. O'quvchilarni ko'rgan-bilgan, eshitgan,
o'qiganlari yuzasidan xulosa chiqarishga, o'z nutqida maqol-lardan foydalanishga o'rgatish.
Darsning turi. Yangi bilim bemvchi, maqol o'qish darsi.
Darsning borishi I. Da'vat bosqichi. Maqsad: o'quvchilarda yangi mavzuni o'z-lashtirishga ishtiyoq
uyg'otish, maqollarning xususiyatlari haqida ma'lumot berish.
Metod: Suhbat metodi.
O'qituvchi xattaxtaga quyidagi maqollarni yozib qo'yadi: „Birlash-gan o'zar,
birlashmagan to'zar", „Awal o'yla, keyin so'yla".
O'qituvchi: Abdulla Avloniyning „Yaxshilik yerda qolmas" hikoyatini bilasizmi?
Xattaxtaga hikoya mazmuniga mos rasmlar ilinadi.