— Bugungi maqollarni o'rganish darsi sizga yoqdimi?
— Maqollar bolalar tarbiyasiga ta'sir qiladi deb o'ylaysizmi? Ular qanday ta'sir
o'tkazishi mumkin?
— Siz bugun o'zingizga qanday xulosa chiqardingiz?
— O'qigan qaysi maqolimiz sizga ham tegishli?
5. Guruhlar to'plagan ballarni e'lon qilish. O'quvchilarni rag'batlantirish.
6. Uyga vazifa. Maqollarni ifodali o'qish va yod olish. Darslikdan o'qilgan ertaklar
mazmuniga mos maqollar topib, daftarga yozib kelish.
Topishmoqlar
narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, xatti-
harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga
asoslangan she'riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir. Topishmoqlar xalq
turmushi bilan chambarchas bog'liq holda yaratiladi. Ularning zaminida kishilarning qadimiy
e'tiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga bo'lgan intilishlari yotadi.
Topishmoqda yashirilgan narsalar uning javobi hisoblanadi. To-pishmoqning javobini
topish uchun topishmoq matnini e'tibor bilan o'qish, nimaga ishora qilinayotganligini
fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari aynan nimaga qaratilganligini taxmin
qi-lish bilan ham topishga harakat qilish kerak.
Topishmoq o'quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o'rgatadi. Shu sababli xalq og'zaki
ijodining bu janridan darsliklafda ham keng qo'llanilgan. 1—2-sinf „O'qish kitobi" da
topishmoqlar ko'proq, har bir matn ostida keltirilgan. Bundan ko'zlangan maqsad matn
mazmunini topishmoqlar asosida ham o'zlashtirilishiga erishishdir. Masalan, 1-sinf „O'qish
kitobi" da „Kitobga mehr" matni ostida „Qat-qat qatlama, Aqling bo'lsa tashlama" topishmog'i
keltirilgan va mavzuga juda mos tanlangan. Topishmoqlar bunday shaklda berilganda
ularning javobi oson topiladi. 1-4-sinf o'qish darsliklarida „Topishmoqlar" mavzusi ostida har
xil topishmoqlar ham berilgan bo'lib, ular o'quvchilarning topqirligini yanada oshiradi,
tafakkurini o'stiradi. 2-sinf “O‘qish”darsligida topishmoq javoblari ularning ostiga yozib
qo'yilgan yoki rasmlar orqali berilgan.
Dostları ilə paylaş: