Pedagogika-psixologiya fakulteti


TOPISHMOQ O'TISH DARSI NAMUNASI



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/31
tarix22.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#147389
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
har xil janrdagi asarlarni oqitishda pedagogik texnologiyalardan

 
TOPISHMOQ O'TISH DARSI NAMUNASI 
Mavzu. 
Topishmoqlar. 
Darsning maqsadi:
1. O'quvchilarga topishmoqlarning janriy xususiyatlari haqida ma'lumot berish. 
Ularning topishmoqni ifodali o'qish, javobini tez topish malakalarini oshirish, ziyraklikka 
o'rgatish. 
2. O'quvchilarning muomala madaniyatini oshirish. 


3. O'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ijodiy faoliyatga 
yo'llash. 
Darsning turi: 
yangi bilim beruvchi, topishmoq o'qish darsi. 
Darsning borishi I. Da'vat bosqichi. 
Maqsad: 
o'quvchilarning topishmoq haqidagi 
tushunchalarini aniqlash, yangi mavzuga qiziqish uyg'otish. 
Metod: 
suhbat, izlanish metodi. 
O'qituvchi xattaxtaga osmondagi yulduzlar, yong'oq, yer yong'oq, arra rasmlarini ilib 
qo'yadi va quyidagi topishmoqni yozadi: Tunda ko'rib, cho'g' deysan, Tongda ko'rib yo'q 
deysan. Savol-topshiriqlar beriladi: 
— Shu rasmlar ichidan topishmoqning javobini toping. 
— Qaysi so'zlar orqali topishmoqlarning javobi „yulduz" eka-nini bildingiz? 
Xattaxtaga 2-topishmoq yoziladi: Qo'shaloq tovoq, Ichi toia yog'. 
— Qaysi belgilariga ko'ra topishmoqning javobini topdingiz? 3-topishmoq yoziladi: 
Pilla kabi bo'g'indor, Har bo'g'inda mag'zi bor. 
— Yer yong'oqning qaysi belgilari topishmoqda keltirilgan? 
4-topishmoq: 
Og'zi yo'g'-u tishi bor, Duradgorda ishi bor. 
— Javob qaysi so'zlar orqali topdingiz? O'qituvchi: 
— Topishmoqlarni topishda sizga nimalar yordam berdi? 
- Topishmoqda narsaning belgilarini ifodalovchi so'zlar bo'ladi. 
— Topishmoqlarda ko'pincha kim?, nima? so'zlariga javob bo'ladigan so'zlar 
yashirinadi. 
2. Topishmoqlar haqida ma'lumot berish. 
O'qituvchining hikoyasi: 
— Topishmoq matnida narsa yoki hodisalarning belgisi, shakli, harakati, holati, vazifasi 
va boshqa tomonlari berilgan bo'ladi. Topishmoqlar qadimda „jumboq", „top-top" deb 
yuritilgan. Har bir topishmoq uni yaratgan xalqning hayoti, urf-odati, o'ziga xos rasm-rusmlari 
bilan bog'liq bo'ladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin