Pedagogika-psixologiya fakulteti


Javoblar: 1. Tipratikan. 2. Gazeta. 3. Uzum. 4. Qaldirg'och. 5. Tarvuz. 6. Qamish.  3-guruh uchun krossvord



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/31
tarix22.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#147389
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
har xil janrdagi asarlarni oqitishda pedagogik texnologiyalardan

Javoblar:
1. Tipratikan. 2. Gazeta. 3. Uzum. 4. Qaldirg'och. 5. Tarvuz. 6. Qamish. 
3-guruh uchun krossvord: 
Bo 'yiga
1. Pishirsang osh bo'lur, Pishirmasang qush bo'lur. 
2. Gulsiz meva qiladi, Ko'p yesang — til shiladi: G'ir-g'ildirak oy kulcha, Bu nima, kim 
biladi? 
3. Chopsa chopilmaydi, Ko'msa ko'milmaydi. 
4. Bodom kabi yaprog'i, Sollanadi butog'i, O'zi shirin, tukligina, Mazasi ham totligina. 
Eniga


5. Ikki ajib qulog'i bor: Biri tinglar, biri so'zlar. 
6. O'zi qizil, go'zal biram, Qirga yozar qizil gilam. 
7. Pak-pakana bo'yi bor, Yetti qavat to'ni bor. 
Javoblar:
1. Tuxum. 2. Anjir. 3. Soya. 4. Shaftoli. 5. Telefon trubkasi. 6. Lola. 7. Piyoz. 
III. Fikrlash bosqichi.
Maqsad: 
Darslikdagi savol-topshiriqlarga javob olish orqali egal-langan bilimlami 
aniqlash, o'yinlar orqali ijodiy izlanish ko'nikmasini shakllantirish. 
1. Darslikdagi savol va topshiriqlar ustida ishlash: 
— Topishmoqlarni kirn yaratgan? 
— Topishmoqlar qadimda nima deb nomlangan? 
— Topishmoqning qanday foydasi bor? 
— O'zingiz qanday topishmoqlar bilasiz? 
2. O'quvchilar bir necha qatorlarga ajratilib, o'yin uyushtiriladi: qator boshliqlari 
o'quvchilarga biror narsa rasmini beradi, o'quvchi rasmga oid topishmoq aytadi. Bir o'quvchi 
aytolmasa, orqadagi o'quvchiga uzatadi. O'quvchilarning o'zlariga „Shunga doir topish-moqni 
o'zingiz to'qishingiz ham mumkin" deb aytiladi. Qaysi qator topishmoqni birinchi aytsa, o'sha 
g'olib sanaladi. 
3. Uyga vazifa. Darslikda o'qilmagan yangi topishmoqlar topib, daftarga yozib kelish. 
4. O'quvchilarni rag'batlantirish va darsni yakurtlash. 
Tez aytishlar 
ma'lum so'zni, so'z birikmasini yoki tovushni to'g'ri talaffuz qilishga, uni 
boshqa tovushlardan farqlashga o'rgatadigan, xotirani mustahkamlaydigan va nutqni 
o'stiradigan, o'qish sur'atini oshiradigan janr hisoblanadi. Shu sababli 1-sinfda ko'pgina tez 
aytishlar keltirilgan. Masalan, „Botir bbtmas botqoqqa", „Qobil qozonda qovurdoq qovurdi", 
„Bahodir bayroqni Botirga berdimi, Botir Bahodirga bayroqni berdimi?", „Olim oldidagi 
oltita olmani oldi" va boshq. 2-sinfda esa quyidagi tez aytishlar keltirilgan: 
Qobil qahraton qishda qishloqda qishladi. 
Qahraton qishda Qobil qishladi. 
Bu tez aytishni o‘rgangandan keyin 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin