Pedagogika-psixologiya fakulteti


qish, qor, sovuq, muz, yax, yaxmalak, sumalak



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/31
tarix22.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#147389
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
har xil janrdagi asarlarni oqitishda pedagogik texnologiyalardan

qish, qor, sovuq, muz, yax, yaxmalak, sumalak, 
ayoz 
so‘zlari ishtirokida hikoya tuzish o‘quvchilarga topshiriladi. O‘quvchilar quyidagicha 
hikoya tuzishlari mumkin. 
Qish 
keldi. 
Kunlar 
sovidi. 
Qor 
yog‘a 
boshladi. 
Suvlar 
muzladi 
tarnovlardasumalaklar paydo bo‘ldi. Biz bolalar yaxda yaxmalak ucha boshladik. Ayoz 
bobo oynalarga gul solib ketdi.


Bunday hikoyalarni tuzish orqali o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati shakllanadi, 
dunyoqarashi kengayadi, og‘zaki nutqi oshadi.
 Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq, uloqcham uzun quloq. 
Qo‘ng‘iroq qo‘g‘irchoqnikimi, qo‘zichoqnikimi? 
Shuningdek 3-sinfda ham tez aytishlar keltirilgan: 
Qishda qatiq qattiq qotib qolibdi. 
Tolib tandir tagidan tanga topdi. 
San’at saroyi – saroylarning sarasi. 
Salimning sadadagi sap-sariq sa’vasi sahar sayraydi. 
Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, boshlang'ich sinf darsliklariga o'quvchilar yoshiga 
mos, mavzular bo'yicha tanlab olingan, 
Nutqni eshitish va undan o‘z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ongli ravishda 
ta’lim metodikasiga asoslanadigan "tilni sezish" shakllanadi. Nutq o‘stirishning metodik 
sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, ya’ni, birinchidan, ikki nutq namunasini 
idrok etish, ikkinchidan, o‘rgangan til vositalaridan foydalanib, fikrini bayon etish uchun 
sharoit yaratish hisoblanadi.Tilni o‘rganish jarayonida bolalarni turli xil rollarni bajarishga, 
bir-birlari bilan gaplashishi, o‘yinchoqlari bilan muloqotda bo‘lishga, o‘z ismini va ota-
onalarining ismini aytishga, boshqa bolaning ismini so‘rashga o‘rgatib borish zarur. Bu 
jarayonda bolalarning o‘yin mashqlarini bajarishi orqali lug‘at boyligi o‘sib borishi bilan 
birga, so‘zlarni bir-biriga moslashtirish, ularni o‘z o‘rnida qo‘llay bilish malakasi o‘sadi. 
Bolalar lug‘atini boyitish, nutqining ravon, silliq va ta’sirchanligini ta’minlashda bolalar 
adabiyoti ustida ishlash, shubhasiz, yaxshi natija beradi. Boshlang‘ich sinflarda ayrim bolalar 
nutq madaniyati boshqa bolalarga qaraganda birmuncha yaxshi bo‘ladi. Ular so‘zlarni to‘g‘ri 
talaffuz qiladilar, savollarga qiynalmay, erkin javob beradilar. Lekin ko‘pchilik bolalar 
nutqida ba’zi nuqsonlar uchrab turadi. Masalan, s, z, sh, k, ch, b, p, g, j, r kabi undoshlar 
talaffuzida bu ko‘proq seziladi. O‘qituvchi bolalar bilan ishlashda shunday nuqsonlarni 
bartaraf etishga e’tibor berishi lozim. Buning uchun turli usul va vositalardan foydalanish 
mumkin.So‘zlarning talaffuzi ustida maxsus qo‘shimcha ish olib borilishi lozim. Buning 
uchun mashg‘ulotning o‘zi yetarli emas. Mashg‘ulotdan tashqari sayr paytida, didaktik 
o‘yinlar o‘tkazilayotgan vaqtda bolalar bilan yakka tartibda ishlashga ham to‘g‘ri keladi. 
So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatishda quyidagi mashqlarni qo‘llash yaxshi samara 
beradi: 
1. So‘zlarni bo‘g‘in va tovush tomondan tahlil qilish. 
2. Bo‘g‘inlardagi harflarning tovush tomondan to‘g‘ri talaffuz qilinishiga e’tibor berish, 
ya’ni fonematik eshitishni rivojlantirish. 


Bu bolalar talaffuzida qiynalayotgan tovushlarning paydo bo‘lish o‘rni og‘iz 
bo‘shlig‘ida hosil bo‘lishiga (artikulyatsiyaga) diqqat qaratishni taqozo etadi. Masalan, r 
undoshi tilning orqa tanglayga tegib, tovush paychalarining titrab chiqishi natijasida hosil 
bo‘lishi, b undoshi ikki labning mahkam jipslashuvi natijasida o‘pkadan chiqayotgan 
havoning portlashidan hosil bo‘lishini amaliy ko‘rsatish zarur.Talaffuzi qiyin tovushlarni 
biror hayvon yoki parrandalarning ovoziga taqlid qilish va uni takror-takror mashq qilish ham 
yaxshi natija beradi. 
— Bolalar, qurbaqa qanday sayraydi? 
— Qurbaqa "qur-r, qur-r" deb sayraydi. 
— Kechqurunlari chigirtkalarning ovozini eshitganmisiz? 
— Qishda kunlar isib qolgan vaqtda qarg‘alar qanday ovoz beradi? 
— Traktor yurganda qanday ovoz chiqaradi? 
"Sh" tovushining to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish uchun: 
— Hon sudralganda qanday ovoz chiqaradi? 
— Vish-vish-vish. 
Ba’zan buyumlarning nomini takror-takror ayttiriladi: shar, arra, choynak, cho‘mich, 
chaqich kabi. Shuningdek, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatishda tez aytishlardan 
ham foydalanish mumkin. Masalan, s, sh, g undoshlarining to‘g‘ri talaffuzi uchun, avvalo, 
quyidagicha mashqlarni o‘tkazish lozim: 
So-so-so-so Sodiq, sochiq, somon.
Sa-sa-sa-sa sa’va, sariq, sayr.
Sha-sha-sha-sha sharshara, Shahlo, shaqildoq.
Sho-sho-sho-sho sholi, oqshom, sholg‘om. 
Ra-ra-ra-ra rasm, randa, raketa. 
Ro-ro-ro-ro rom, rohat, rost. 
Bu mashqlarni bolalar o‘qituvchi bilan birgalikda shoshilmay, bo‘g‘iniarni ifodali qilib 
aytadilar..Keyinchalik mazkur bo‘g‘inlar qatnashgan so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzini mashq 
qiladilar. So‘ngra tez aytish mashqiga o‘tish mumkin: 
Sodiq sochini sochiqqa artdimi,
Sodiq sochiqqa sochini artdimi?
Saodat soatni soatsozga sozlatdi 
Shahlo shaqildoqni shoshib shaqillatdi.
Tohirning traktori tog‘ orqasida tirilladi. 
Tez aytishni dastlab asta-asta aytib, keyin bir nafasda necha marta ayta olishga e’tibor 
qaratiladi. Tez aytish jarayonida o‘qituvchi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatishi, tovushlarni 


bir-biridan farqlashlariga e’tibor berishi, bolalar nutqini doim kuzatib borishi va xatolarni 
tuzatib borishi lozim. Boshqa millat bolalarining ham davlat tili bo‘lgan o‘zbek tilini 
egallashlariga harakat qilishi, tilimizga muhabbat uyg‘otishi zarur. 
Bola zerikmasligi, toliqmasligi uchun o‘qituvchi albatta belgilangan vaqtda jismoniy 
tarbiya mashqlarini o‘tkazishi kerak. Bu bolalarni charchashdan saqlaydi, ongini 
rivojlantiradi, nutqini faollashtiradi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin