Pedagogika-psixologiya fakulteti


 Topishmoq va tez aytishlarni



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/31
tarix22.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#147389
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
har xil janrdagi asarlarni oqitishda pedagogik texnologiyalardan

2.2. Topishmoq va tez aytishlarni 
o'rganish yo‘llari 



Osti tosh, usti tosh 
O‘rtasida jonli bosh. 
(Toshbaqa)

Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar,
Doston o‘qir, g‘alvir to‘qir. 
(O‘rgimchak


To‘rttir uning oyog‘I, 
Temir mixli tuyog‘i. 
Manzilga yetishtirar, 
Toshdan qattiq tuyog‘i
. (ot) 

Yorug‘i bor, dovrug‘i bor, 
O‘zi yo‘q, ovozi bor. 
(Momaqaldiroq) 
3-4-sinflarga o'tgach esa javoblar qayd etilmagan. Buning sababi shuki, bu davrga kelib 
o'quvchilar topishmoqlar ustida ishlash ko'nikmalarini hosil qilgan bo'ladi. 
Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoqda. Bunday 
topishmoqlar sho'x, qiziqarli bo'ladi. Masalan, 4-sinf „O'qish kitobi" da „Buni toping, 
qizlarim" (G'. G'ulom) topishmoqlari keltirilgan. 
O‘tda yonmaydi, 
Suvda botmaydi. 
Ayoz bobo novvot sotdi, 
Olgan edim qo‘lim qotdi. 
Osmondan par tushadi
Par emas zar tushadi. 
Eritadi muzni
Qamashtirar ko‘zni. 
“Chiq-chiq” ishlab tolmaydi, 
Tunda uxlab qolmaydi. 
Pichoq kessa qon chiqar, 
Po‘choq ketsa don chiqar. 
Bolalarni nutqini o‘rgatishda topishmoqlar alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki, 
topishmoqlar narsa yoki hodisalarning qisqacha ta’rifi bo‘lib hisoblanadi. "Topishmoq, — deb 
yozadi adabiyotshunos M. Abdurahmonov, — narsa yoki voqelik tushunchasini ongli 
ravishda yashirishga, sir tutishga asoslangan kichik poetik asardir." 
Topishmoqlarda insonning turmushi bilan bog‘liq bo‘lgan, uning tevarak-atrofdagi narsa va 
hodisalar, buyumlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabilar ta’riflanadi. Ko‘pincha topish-


moqlarda narsa va hodisalarning hajmi, shakli, rangi, tovushi, mazasi, harakati kabi belgilari 
beriladi. 
Topishmoq bolalarni obrazli va aniq so‘zlashga o‘rgatishni osonlashtiradi. Topqirlik, aqliy 
faollik kabi holatlarini rivojlantirish imkonini beradi. 
Maktab yoshidagi bolalar uchun tanlangan topishmoqlar sodda, qisqa va tushunarli bo‘lishi 
kerak. Shu bois topishmoqlarni tanlashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, ayniqsa, o‘zga 
tilni o‘zlashtirish imkonini hisobga olishi lozim. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tanlangan topishmoqlarda narsa va hodisalarning eng 
muhim belgilari ifodalanishidan unumli foydalanish zarur. Masalan, hayvonlar haqidagi 
topishmoqlarda bunday belgi ularning ovozi hisoblanadi: 
Vov-vov deydi, baqiradi,
Tug‘ishganin chaqiradi. (It) 
Topishmoqlarni tanlashda, albatta, bolaning tarbiyasi va yoshi hisobga olinishi kerak. 
Chunki umrida eshitmagan yoki ko‘rmagan narsasi haqida aytilgan topishmoqni bola hech 
qachon topa olmaydi. Shuning uchun ham topishmoqlar asosan, nomi o‘zlashtirib olingan 
narsa va hodisalar haqida boradi. Topishmoqlar orqali bolalarning mavjud bilimlari 
mustahkamlanadi. 

Topishmoqlar o‘qish darsi mashg‘ulotida o‘tilayotgan mavzuga ham muvofiq bo‘lishi 
kerak. Aks holda bolaning diqqati chalg‘iydi va ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin kechadi. 
Topishmoqlar ustida quyidagi tarzda ish olib borgan ma’qul: topishmoqda ko‘rsatilgan narsa 
va hodisa belgilarini tushunib olish, ya’ni tahlil qilish; 

bu belgilarni bir-biriga taqqoslash va umumlashtirish; 
- aniqlangan belgilar asosida xulosa chiqarish, ya’ni topishmoqning javobini topish. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari topishmoq matni ustida ishlashda quyidagilarga e’tibor 
berishi lozim: 
1.
Ko‘pincha bolalar javob berishga shoshilib, topishmoqni oxirigacha eshitmaydi, uni har 
tomonlama batafsil tushunib yetmaydi. Ularning diqqati matndagi birorta belgiga bog‘lanib 
qoladi. Xulosani ular faqat shu yagona belgi asosida, qolganlarini e’tiborga olmagan holda 
chiqaradilar. Topishmoqni topish uchun muhim bo‘lgan belgi esa e’tiborga olinmaydi. Bunday 
vaqtda topishmoqni topish qiyinlashadi. 
2.
Topishmoq yechishda uning ma’nosini bolalarning yaxshi tushunib olishiga, izchillik va 
tartib bilan fikr yuritishiga harakat qilish kerak. Bunda fikr yuritish tartibi quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: 

umumiy ko‘rinishda nimani qidirishni aniqlash; 



qolgan hamma belgilarni aniqlash; 

taxmin qilinayotgan yechimni keltirish; 

aniqlangan belgilarni birlashtirish; 

xulosa chiqarish. 
O‘qituvchi topishmoqlarni ifodali tarzda bayon etadi, bolalar aytilayotgan narsa-
buyumning hamma belgilarini eslab qolishlari uchun matnni qaytaradi. Savollar yordamida 
bolalarning e’tiborini belgilarga va ular orasidagi aloqaga qaratish kerak. 
Bir narsa haqida turli topishmoqlar aytilishi bolalar lug‘atini boyitish imkonini beradi. 
Topishmoq topishni yengillashtirish uchun o‘qituvchi bolalarga topishmoq yuzasidan 
quyidagicha savoilar berishi mumkin: 
"Topinglar-chi, bu mevami yoki sabzavotmi? 
U qaerda o‘sadi? 
Bu qanday faslda bo‘ladi?
Bu qaysi hayvon ekan?" kabi. So‘ng topishmoqni ifodali o‘qib, rasmga qarab uning 
javobini topishni taklif qiladi. Masalan, "Stolni bezatish" o‘yinida stol tasvirlangan rasm 
tanlab olinadi, idishlar hamda oziq-ovqat rasmlari va ular haqida topishmoqlar tayyorlanadi. 
Topishmoqqa javob bo‘lgan rasmni bolalarning o‘zlari tanlaydilar. Topishmoqni rasmga qarab 
topish uni topishda yordamchi savoilar berish yaxshi samara beradsh Ba’zan fasllarga bog‘liq 
she’rlar, tez aytishlar, topishmoqlarni ham o‘rgatib borish kerak. Yuqorida aytilganidek
bolalarni qiyin tovushlarni to‘g‘ri talafruz qilishga, topishmoqlar orqali ularning fikrlash 
qobiliyatini o‘stirishga erishiladi. O‘quvchilarga: 
Qishin-yozin bir xil kiyimda (Archa); 
U tushganda dala-qir, 
Kuladi qiqir-qiqir (Yomg‘ir) — 
kabi kichik va qiziq topishmoqlarni o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin