O'qituvchining hikoyasi: „Yaxshilik yerda qolmas"
Bir ari suv ustinda uchib borur edi. Birdan suvga yiqilib ketdi. Qanotlari ho'l bo'lib
ucharga kuchi yetmadi. O'lar holatga etdi. Buni bir kabutar ko'rib, ariga rahmi kelub, darhol
bir cho'pni tishlab, suvga tashladi. Bechora ari bu cho'pni kema qilib, suv balosidan qutuldi.
Arodan ko'p o'tmadi. Bir bola tuzoq qo'yib, kabutarni tutmoqchi bo'ldi. Ari buni ko'rgan
zamon kelub, bolaning qulog'ini chaqdi. Bola qulog'ining alamidan tuzoqni tashlab, qulog'ini
ushladi. Kabutar vaqtni g'animat bilib, uchib ketub, o'limdan qutildi.
Topshiriq. Xattaxtadan siz tinglagan hikoyaga mos maqolni topib, belgilang.
(O'quvchilar „BMashgan o'zar, birlashmagan to'zar" maqol ini belgilaydilar)
- Qolgan maqollarga mos qanday hikoya, ertaklar o'qigansiz? („Bilim - aql chirog'i"
maqoli mazmuniga mos „Ilm afzal" ertagini o'qiganmiz)
— Maqollarni yana qanday nom bilan atash mumkin? („Dono fikr" deb atash mumkin.)
— Bugungi darsda nimalarni o'rganar ekanmiz?
— Maqollar nima haqida boiadi? Ular nima maqsadda yaratiladi? O'quvchilar javobi
to'ldirib, umumlashtiriladi.
Nazariy ma'lumot. Maqollar - xalqning hikmatli ifodalari, hayotiy tajriba asosida
yuzaga kelgan dono fikrlarining ixcham shakli. Maqollar she'riy va nasriy tuzilishga ega.
Maqollar ona-Vatanni sevishga, uning har bir qarich yerini asrashga, kasb-hunar egallashga,
mehnat qilishga, to'g'ri so'z bo'lishga, yaxshi odob va olijanob xulqli bo'lishga chaqiradi.
II. Anglash bosqichi. Maqsad: maqollarni ifodali o'qish, maz-mimini misollar bilan
ochib berishga o'rgatish.
Metod: Suhbat, guruhlarga bo'linib ishlash.
O'quvchilar 4 gurahga bo'linadi. Har bir guruh uchun ma'lum mavzudagi maqollarni
o'qib o'rganish topshiriladi.
1. Topshiriq. Ifodali o'qish
v
mashqi o'tkaziladi. Bunda guruhdagi har bir ishtirokchi
bittadan maqolni ifodali o'qib beradi.