Pedagogika-psixologiya fakulteti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/31
tarix22.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#147389
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
har xil janrdagi asarlarni oqitishda pedagogik texnologiyalardan

masal mazmunini aniq idrok etish;



kompozilsiyasi, qatnashuvchilarning xarakteriga mos xususiyat-larini, xatti-
harakatlarining sabablarini ochish;

allegoriyani aniqlash;

masal xulosasini tahlil qilish.
Mana shu izchillik hisobga olinsa, masal o'qish darsining qurilishi quyidagicha ba'ladi: 
1. Tayyorgarlik ishlari: 
a) masal muallifi haqida o'qituvchi hikoyasi; 
b) o'qilgan masal mazmuni bilan bog'liq suhbat; 
d) o'qilgan masalda qatnashuvchi timsollarga xos xususiyatlar haqida suhbat. 
2. Masalni o'qituvchi o'qishi (magnitafon yozuvini eshitish yoki film ko'rsatish ham 
mumkin). 
3. Masal matni ustida ishlash: 
a) masalning tuzilishi va kompozitsiyasini aniqlash (o'qish, reja tuzish va hokazo); 
b) qatnashuvchilarning xatti-harakati, fe'1-atvori, xarakteriga xos xususiyatlarini 
tushuntirish (tanlab o'qish, so'z bilan va grafik tasvirlash, savollarga javob berish); 
d) masalning aniq mazmunidan kelib chiqib, undagi asosiy fikrni belgilash
e) krossvordlar, ta'limiy o'yinlar, topishmoqlardan foydalanib, masal mazmuni va 
g'oyasini o'zlashtirish. 
4. Allegoriyani ochish. 
5. Axloqiy xulosa aks ettirilgan qismni tahlil qilish. 
6. Hayotda uchragan shunga o'xshash hodisalarga taqqoslash 


 
 
2.1. MAQOL O‘QITISH DARSINI TASHKIL ETISH
 
Maqol 
turmush tajribalari zaminida tug'ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa
ko'pincha she'riy shakldagi hikmatli so'zlar, chuqur ma'noli iboralardir. Maqollar xilma-xil 
mavzularda bo'lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi. Ko'pincha maqol o'git, nasihat 
xarakterida bo'ladi: „Yer haydasang - kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda", „Hunari yo'q 
kishining, mazasi yo'q ishining" kabi. 
Maqol xalq og'zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo'lib, unda xilma-xil badiiy 
ifoda vositalari-ohangdosh tovuslilar takrori bo'ladi. Katta hayotiy va ijodiy tajribaga ega 
bo'lgan ajoyib so'z ustalarining o'lmas satr va hikmatli so'zlari ham ko'pincha xalq 
maqollariga o'xshab ketadi. Masalan, A.Navoiyning „Mahbub ul-qulub” asarida aytgan bir 
qancha hikmatli so'zlari shular jumlasidandir: „Oz-oz o'rganib dono bo'lur, qatra-qatra yig'ilib 
daryo bo'lur", „Tilga ixtiyorsiz-elga e'tiborsiz" va boshq. 
Ma'lumki, badiiy asar matni ustida ishlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 
Maqollarni o'rganishda ham bu bosqichlarga e'tibor qaratish kerak.
1-2-sinflar maqollarni o'rganishning birinchi bosqichi bo'lsa, savod o'rgatish davri maqollarni 
o'qish va o'rganishning tayyorlov bosqichidir. 
Savod o'rgatish davridayoq o'quvchilar maqollarni o'qiydilar. Alifbe davrida berilgan 
maqollar matn mazmuni bilan bog'liq bo'lib, ular matn g'oyasini o'quvchilarga lo'nda, aniq 
yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Bu vaqtda o'quvchilarga maqollar o'qitiladi, ma'nosini 
bilganlaricha izohlab berishlari so'raladi. O'quvchilar javobini o'qituvchi to'ldirib, misollar 
bilan dalillab beradi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin