Pedagogika-psixologiya fakulteti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/31
tarix22.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#147389
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
har xil janrdagi asarlarni oqitishda pedagogik texnologiyalardan

II. Anglash bosqichi. 
Bu bosqichda „Rangin qorlar" (Olloyor) ertagi (o'qituvchi 
qismlarga bo'lib kelgan bo'ladi)ning har bir qismi guruhdagi yaxshi o'qiydigan o'quvchilarga 
o'qitiladi. „Ifodali o'qish" musobaqasi uyushtiriladi. Eng yaxshi o'qigan o'quvchi aniqlanadi va 
rag'batlantiriladi. 
Shundan so'ng guruhlarga asar matni ichda o'qishga topshiriladi. Guruh o'quvchilariga 
quyidagi topshiriq beriladi: 
- Har bir guruh o'z qismini ichida o'qiydi. Uning mazmuniga va qahramonlariga doir 
savol-topshiriqlar tuzadi va konvertga solib uzatadi. Tuzilgan savollar izohlanib, 
rag'batlantirilib boriladi. 
III. Fikrlash bosqichi. 
Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi: 
1. O'quvchilar o'zlari tuzgan savollarga javob beradilar: 
— 
Qadimda qorbo'ron qanday qorlar bilan o'ynalgan? Nima uchun?
— Bo'yoq bozori qancha yilda bir bo 'lar ekan ?
— Nega qorlar oq rangda yog'ar ekan?
— Bahoroy qaysi bo'yoqni xarid qilibdi?
— Kuz kelganda qozonlarda qaysi boyoqlar bor edi?
— Qish kelganda qozonda qaysi bo'yoq qolgan edi?
— Yoz uyqudan uyg'onib nimani o'ylab ketibdi?
— Yoz qaysi bo 'yoqlarni olganini o 'ylab toping.
— Kuz qaysi bo yoqlarni o'chirib, uning o'rniga qaysi bo'yoqlarni surtib chiqdi?
— Qish o'z zahrini nimalarga sochadigan bo'lib qolibdi?
2.Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlanadi. Bularni barcha guruh bajaradi. 
Guruhning faol ishtirokiga qarab ball qo'yiladi. 
3.O'qituvchi „Kumush qish" va o'qilgan asar yuzasidan tuzgan test topshiriqlarini 
guruhlarga tarqatadi. 
4.Qish fasli bilan bog'liq maqol va topishmoqlar aytiladi: 
Bahor, yoz, kuz qishlaydi, Qish paytida ishlaydi. (Pechka) Qishda yoping‘ichingni 
qo'yma, Yoz o'zing bilasan. (Maqol) 


5.O'qituvchi sardorlar uchun asar matni yuzasidan savol-topshiriqlar tuzib keladi. Bu 
savol-topshiriqlar konvertlarga solinib, guruhlarga beriladi. 
1-guruh uchun. 
— Ayozbobo deraza oynalariga qanday qilib naqshlar chizadi? 
—„Qiyomiga kelib" birikmasining ma'nosini izohlab bering (ayni me'yoriga, maromiga 
yetgan holga kelgan). 
2-gurufa uchun.
— 
Falak, libos so'zini qaysi so'zlar bilan almashtirish mumkin? 
(falak - osmon 
gumbazi, osmon, ko'k; libos - kiyim, ust-bosh) 

Bahoroyning gullari nomini sanab bering. 
 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin