Masal — axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan
aksariyat kichik she'riy, ba'zan nasriy asardir. Inson xarakteriga
xos xususiyatlar masalda
majoziy obrazlar-hayvonlar, jonivorlar va o'simliklar dunyosiga ko'chiriladi. Timsollarning
kinoyaviy xarakterda bo'lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun
xarakterlidir. Ko'pincha masalning kirish qismida, ba'zan pirovardida
qissadan hissa-ibratli
xulosa chiqariladi.
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she'riy shakldagi,
majoziy xarakterdagi qisqa sujetli asar deb ta'rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy
suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion
nuqta va yechimi
bo'lgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib
namuna boia oladi.
„Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo'lgan. O'z ma'nosidan ko'chirilgan
(majoziy) so'z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan „yashirincha" tanqidning tili va uslubi
Ezopga nisbatan berilib, „Ezop tili" deyilgan va shu ta'bir joriy qilingan".
Mashhur masalnavis Gulxaniyning „Toshbaqa bilan Chayon", „Maymun bilan Najjor"
masallari boshlang'ich sinf o'quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda do'stlik, rostgo'ylik,
qo'lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g'oyalar ilgari suriladi.
Ma'lumki, tarbiya ko'proq ta'lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan
kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg'usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga
ehtiyoj paydo bo'ladi va bu orqali o'quvchilar ma'naviy ozuqa ola boshlaydilar.
Bu bilan
bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-
Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g'urur, matonat, mehr-oqibat, do'stlik, ezgulik kabi
yuksak hislar paydo bo'ladi.
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo'pollik, qo'rslik, yolg'onchilik,
yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi.
Lekin amaldagi
boshlang'ich sinf ,,O'qish kitobi" darsliklarida masal janriga kam o'rin berilgan. Vaholanki,
bola tarbiyasida masalning o'rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o'quvchi matndagi
e'tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o'qib o'tib ketgan, yaxshi
anglashga harakat qilmagan
o'rinni, bo'shliqni to'ldiradi.
3-sinf ,,O'qish kitobi"dan o'rin olgan „Qaysar buzoqcha" (O.Qo'ch-qorbekov) masali
oilasi, o'rtoqlari, do'stlaridan ajralib, yomon yo'llarga kirib qolgan, oqibatda ko'ngilsiz
holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Yaylovda bir buzoqcha
Arazlabdi to‘dadan
Ketib
qolib uzoqqa,
Adashibdi podadan.
Yakka o‘zi o‘tlarkan,
Borib yaylov to‘riga.
Buzoq shunda to‘satdan,
Duch kelibdi bo‘riga.
Ma’rasa ham qancha u,
Bilishmabdi do‘stlari.
Maza qilib och bo‘ri,
O‘yib yebdi ko‘zlarin.
Bobolar bu haqda der:
“Bo‘linganni bo‘ri yer”.
Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya'ni ota-
bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan „Bo'linganni bo'ri yer" hikmatida o'z
ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. Shoir esa bundan juda ustalik bilan
foydalangan.
„
Dostları ilə paylaş: