qarorlarini qabul qilish bo'yicha axborotlar olish uchun aniq
sharoitlarga qarab belgilanadi. Korxonaning moliyaviy va
boshqaruv faoliyatlarini tahlil qilish uchun obyektiv analitik
ma’lumotlar kerak. Analitikhisobniyuritish uchun analitik schyotlar
qo'llaniladi. Analitik hisob sintetik hisob bilan uzluksiz bog'langan
bo'lib, uning ma’lumotlarini detallashtirish maqsadida yuritiladi.
Analitik hisobda yozuvlar buxgalteriya hujjatlari va boshqa
zaruriy ma’lumotlarga ishora qilinadi. Analitik hisob registrlari
sifatida qo'llaniladigan buxgalteriya hisobi shakllariga ko'ra,
mashinagrammalar, vedomostlar, jurnal-orderlar, kartochkalar,
daftarlar bo'lishi mumkin.
ANALITIK HISOB SCHYOTLAR! - analitik hisob yurituvchi buxgalteriya
hisobi schyotlari. Ular ma’lum sintetik schyotning ko'rsatkichlarini
detallashtirish uchun faqat murakkab sintetik schyotlarga ochiladi.
Analitik hisob schyotlari sintetik hisob schyotlariga o'xshab debet va
kreditga ega. Ular bo'yicha aylanmalari va saldosi chiqariladi. Bunda
bir sintetik schyot bo'yicha ochilgan barcha analitik schyotlarning
debet va kredit aylanmalarining jami hamda saldolarining jami so'm
hisobida shu sintetik schyotning debet va kredit aylanmalari hamda
saldosigatengbo'lishi kerak. Buxgalteriya hisobini takomillashtirish
jarayonida analitik hisobni yuritishning samaraliroq prinsiplari
ishlab chiqildi. Hisobning jurnal-order shaklida analitik hisob
yordamchi (jamg'aruvchi) vedomostlarda yuritiladi, ayrim hollarda
esa sintetik schyotlar bilan birga bir jurnal-orderda olib boriladi.
ANALITIK HISOB-KITOB - hisob-kitobni aniqlashtirish va rivojlantirish
maqsadida olib boriladigan xo'jalik subyektlari faoliyatini nazorat
qilish, shuningdek, hisobotlar tuzish uchun zarur bo'lgan xo'jalik
jarayonlari va mablag'lari aylanishining buxgalteriya hisob-kitobi.
ANALITIK SCHYOTLAR - sintetik schyotlardagi
Dostları ilə paylaş: