9. Otlarning turlanishi (Die Deklination der Substantive) Otlarning kelishiklarda o`zgarishi turlanish deyiladi. Nemis tilida 4 ta kelishik bor. Bular: Der Nominativ ( Bosh kelishik) Der Genetiv (Qaratqich kelishigi) Der Dativ (Jo`nalish kelishigi) Der Akkusativ (Tushum kelishigi) O`zbek tili kabi bu kelishiklarning o`ziga xos so`roqlari mavjud. Nominativ ( Bosh kelishik) – Wer? Was? - (Kim? Nima?) Genetiv (Qaratqich kelishigi) – Wessen? – (Kim?, Nima?) Dativ (Jo`nalish kelishigi) – Wem? – (Kimga? Nimaga?) Akkusativ (Tushum kelishigi) – Wen? Was? (Kimni?, Nimani?) ESLATMA: O`zbek tilidagi o`rin payt va chiqish kelishiklarning ma`nosini nemis tiliga Dativ kelishigi va predloglar zimmasida yuklatiladi. Otlarning turlanishi uch tipga bo`linadi: 1. Kuchli turlanish. 2. Kuchsiz turlanish. 3. Jenskiy turlanish. 10.Otlarning kuchli turlanishi (Die starke Deklenation der Substantive) Bu turlanishda mujskoy roddagi otlarning ko`pi va sredniy roddagi otlarning deyarli hammasi kiradi. (das Hers) so`zidan boshqa. Bu turlanishning xususiyati otlar Genetiv (Qaratqich kelishigida) –e(s) qo`shimchasini oladi. Masalan: Nominativ der Tag – das Buch Genetiv des Tages - des Buches Dativ dem Tag - dem Buch Akkusativ den Tag - das Buch