N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


a) ko’p kolonnali b) bir kolonnali



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
a) ko’p kolonnali b) bir kolonnali 
5.7-rasm. 
Konstruksiya turlari 
 
Sho‗rtan koni, № 8 quduq konstruksiyasi: 
- Yo‗naltiruvchi quvur - 5 m tosh bilan kotirilgan. 
- Uzaytirilgan yo‗naltiruvchi quvur 426 mm - 37 m - sement quduq ustigacha 
ko‗tarilgan. 


143 
- Konduktor 299 mm - 499 m - sement quduq ustigacha ko‗tarilgan. 
- Texnik kolonna 219 mm - 2819 m - sement ko‗tarilishi – 706 quduq ustidan; 
- Ishlatish kolonnasi 140 mm x 3290 m - sement ko‗tarilishi 885 quduq ustidan. 
Gaz quduqlari konstruksiyalari xususiyatlari. 
Quduq konstruksiyasini tanlash bir qator faktorlarga bog‘liq: 
• 
uyum chuqurligiga; 
• 
qatlam bosimiga; 
• 
qatlam haroratiga; 
• 
gaz va kondensat debitiga; 
• 
qatlam gazi xususiyatlariga. 
Quduq konstruksiyalarini tanlashda uyumning boshlang‘ich parametrlari bilan 
bir qatorda ularning konni ishlatish jarayonida o‘zgarishi ham hisobga olinadi. 
Neft, suv va haydovchi quduqlardan farqli ravishda gaz quduqlarida kolonnalar 
mustahkamligiga va zichligiga katta talab qo‘yiladi. 
 
2 §. Gaz va gazokondensat quduqlarini ishlatishning texnologik rejimini 
o’rnatish 
2.1. Quduqlarni ishlatishning texnologik rejimi tushunchasi 
Quduqlarni ishlatishning texnologik rejimi (QITR) deb quduqning tubida 
(ustida) bosimni ma‗lum bir ko‘rsatkichda ushlab turish, yuqoridagi qurilmalarda 
ma‗lum bir bosim yoki debitni ushlab turishga aytiladi. 
Karataev ta‗rifiga ko‘ra, quduqlarni ishlatishning texnologik rejimida atrof-
muhitni ifloslamaslik, yer bag‘rini himoya qilish va quduqni avariyasiz ishlatish ko‘zda 
tutilishi kerak. 
SHirkovskiy ta‗rifi: quduqlarni ishlatishning texnologik rejimi (QITR)
 
deb 
debitni, bosimni, haroratni, gaz tarkibini oldindan hisob kitob qilingan ravishda ushlab 
turishga aytiladi. 
Quduqlarni ishlatishning ba‗zi bir texnologik rejimlarini matematik formulalar 
bilan ifodalash mumkin. Boshqa bir quduqlarni ishlatishning texnologik rejimlari aniq 
bir printsiplarga, ya‗ni debitni yoki quduq tubi bosimini cheklash bilan asoslanadi. 


144 
Qatlamdan qancha gaz olish loyiha hujjatlari orqali belgilangan bo‘ladi. 
Shunga qarab har bir quduqdan olinishi lozim bo‘lgan mahsulot belgilanadi. Demak, 
har bir quduqdan olinadigan gaz miqdori qatlamning imkoniyatlariga qarab 
belgilangan va u loyiha ko‘rsatkichlariga mos kelgan bo‘lishi lozim. 
Gaz quduqlari ishining texnologik rejimi har uch oydan to bir yilgacha 
belgilangan bo‘lib (bu qoida vazirlik yoki kompaniya bo‘yicha qabul qilingan maxsus 
qo‘llanma asosida belgilanadi), muddati o‘tgan quduq maxsus tadqiqot asosida 
tekshiriladi va uning natijalari har tomonlama tahlil qilingach, yana ma‘lum 
muddatga quduqning ish rejimi belgilab qo‘yiladi. Bunda quduqning beradigan 
mahsulot miqdori, quduq tubidagi va qatlamdagi bosim hamda ular o‘rtasidagi farq 
miqdori, quduq og‘zidagi bosim va harorat, quduq mahsulotida suyuqlik (suv va 
kondensat)ning mavjudligi, undan tashqari quduqdan chiqadigan gaz bilan chiqishi 
mumkin bo‘lgan tog‘ jinsi donalarining mavjudligi ularning hammasi juda aniqlik 
bilan puxta o‘rganiladi va texnologik rejimni belgilashda o‘sha holatlar albatta 
inobatga olinadi. Quduqning ish rejimini belgilash muddati ham quduqning qanday 
joyda joylashganligiga (suv - gaz chegarasiga yaqinmi - yo‘qmi), quduq tubidagi 
kollektorlarning mustahkamligiga quduq tubidagi qatlam qanday tog‘ jinslaridan 
tashkil topgan va ularning yemirilishga moyilligi) qarab belgilanadi va
 
bu ham uning 
ishini boshqarishning muhim omilidir. 
Gaz quduqlarini ishlatishda muayyan sharoitlarga qarab bir qancha rejimda 
ishlashni belgilash mumkin. Chunonchi, bosim farqining barqarorligi, quduq tubi 
zonasidagi filtratsiya tezligining barqarorligi, quduq og‘zidagi bosimning barqaror-
ligi holatlari shular jumlasidandir. 
Qatlam o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘lgan holda har xil holatga qarab 
quduqlarning ish rejimi muddati o‘zgartirilishi mumkin. 
Gaz konlarini gaz rejimida ishlatilganda quduqlarning suv bosish xavfi yo‘q. 
Undan tashqari sharoit shuni taqozo etsa, ulardan eng unumli foydalanish yo‘llarini 
(eng ko‘p miqdorda gaz olish shuni hisobga oluvchi quduqlar sonini kamaytirish 
imkoni mavjud, kompressorsiz ishlatish muddatini cho‘zish va h. k.) axtarish va 
ulardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.


145 
Gaz konlarini ishlatishda esa butun e‘tibor iloji boricha kondensatning 
yo‘qolish yo‘llarini kamaytirish va
 
shunday qimmatli xom-ashyoni qo‘lga 
kiritilishiga qaratilishi kerak. 
Gaz va gaz kondensat quduqlarining samarali ish rejimini belgilash barcha 
hollarda ham gidrodinamik hisob kitoblar orqali bajariladi, bunda albatta tajriba 
uchun qilingan ishlatish natijalari asosiy manba bo‘lishi lozim. 
Past bosimda va oz mahsuldorlik holatlarida ishlatilgan quduqlarda gidratlar 
hosil bo‘lishi ishlatishni izdan chiqaradi. Bu hollarning oldini olish choralarini 
ko‘rish asosiy maqsad bo‘lmog‘i kerak.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin