143
- Konduktor 299 mm - 499 m - sement quduq ustigacha ko‗tarilgan.
- Texnik kolonna 219 mm - 2819 m - sement ko‗tarilishi – 706 quduq ustidan;
- Ishlatish kolonnasi 140 mm x 3290 m - sement ko‗tarilishi 885 quduq ustidan.
Gaz quduqlari konstruksiyalari xususiyatlari.
Quduq konstruksiyasini tanlash bir qator faktorlarga bog‘liq:
•
uyum chuqurligiga;
•
qatlam bosimiga;
•
qatlam haroratiga;
•
gaz va kondensat debitiga;
•
qatlam gazi xususiyatlariga.
Quduq konstruksiyalarini tanlashda uyumning boshlang‘ich parametrlari bilan
bir qatorda ularning konni ishlatish jarayonida o‘zgarishi ham hisobga olinadi.
Neft, suv va haydovchi quduqlardan farqli ravishda gaz quduqlarida kolonnalar
mustahkamligiga va zichligiga katta talab qo‘yiladi.
2 §. Gaz va gazokondensat quduqlarini ishlatishning texnologik rejimini
o’rnatish
2.1. Quduqlarni ishlatishning texnologik rejimi tushunchasi
Quduqlarni ishlatishning texnologik rejimi (QITR)
deb quduqning tubida
(ustida) bosimni ma‗lum bir ko‘rsatkichda ushlab turish, yuqoridagi qurilmalarda
ma‗lum bir bosim yoki debitni ushlab turishga aytiladi.
Karataev ta‗rifiga ko‘ra, quduqlarni ishlatishning texnologik rejimida atrof-
muhitni ifloslamaslik, yer bag‘rini himoya qilish va quduqni avariyasiz ishlatish ko‘zda
tutilishi kerak.
SHirkovskiy ta‗rifi: quduqlarni ishlatishning texnologik rejimi (QITR)
deb
debitni, bosimni, haroratni, gaz tarkibini oldindan hisob kitob qilingan ravishda ushlab
turishga aytiladi.
Quduqlarni ishlatishning ba‗zi bir texnologik rejimlarini
matematik formulalar
bilan ifodalash mumkin. Boshqa bir quduqlarni ishlatishning texnologik rejimlari aniq
bir printsiplarga, ya‗ni debitni yoki quduq tubi bosimini cheklash bilan asoslanadi.
144
Qatlamdan qancha gaz olish loyiha hujjatlari orqali belgilangan bo‘ladi.
Shunga qarab har bir quduqdan olinishi lozim bo‘lgan mahsulot belgilanadi. Demak,
har bir quduqdan olinadigan gaz miqdori qatlamning imkoniyatlariga qarab
belgilangan va u loyiha ko‘rsatkichlariga mos kelgan bo‘lishi lozim.
Gaz quduqlari ishining texnologik rejimi har uch oydan to bir yilgacha
belgilangan bo‘lib (bu qoida vazirlik yoki kompaniya bo‘yicha qabul qilingan maxsus
qo‘llanma asosida belgilanadi), muddati o‘tgan quduq
maxsus tadqiqot asosida
tekshiriladi va uning natijalari har tomonlama tahlil qilingach, yana ma‘lum
muddatga quduqning ish rejimi belgilab qo‘yiladi. Bunda quduqning beradigan
mahsulot miqdori, quduq tubidagi va qatlamdagi bosim hamda ular o‘rtasidagi farq
miqdori, quduq og‘zidagi bosim va harorat, quduq mahsulotida suyuqlik (suv va
kondensat)ning
mavjudligi, undan tashqari quduqdan chiqadigan gaz bilan chiqishi
mumkin bo‘lgan tog‘ jinsi donalarining mavjudligi ularning hammasi juda aniqlik
bilan puxta o‘rganiladi va texnologik rejimni belgilashda o‘sha holatlar albatta
inobatga olinadi. Quduqning ish rejimini belgilash muddati
ham quduqning qanday
joyda joylashganligiga (suv - gaz chegarasiga yaqinmi - yo‘qmi), quduq tubidagi
kollektorlarning mustahkamligiga quduq tubidagi qatlam qanday tog‘ jinslaridan
tashkil topgan va ularning yemirilishga moyilligi) qarab belgilanadi va
bu ham uning
ishini boshqarishning muhim omilidir.
Gaz quduqlarini ishlatishda muayyan sharoitlarga qarab bir qancha rejimda
ishlashni belgilash mumkin.
Chunonchi, bosim farqining barqarorligi, quduq tubi
zonasidagi filtratsiya tezligining barqarorligi, quduq og‘zidagi
bosimning barqaror-
ligi holatlari shular jumlasidandir.
Qatlam o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘lgan holda har xil holatga qarab
quduqlarning ish rejimi muddati o‘zgartirilishi mumkin.
Gaz konlarini gaz rejimida ishlatilganda quduqlarning suv bosish xavfi yo‘q.
Undan tashqari sharoit shuni taqozo etsa, ulardan eng unumli foydalanish yo‘llarini
(eng ko‘p miqdorda gaz olish shuni hisobga oluvchi quduqlar sonini kamaytirish
imkoni mavjud, kompressorsiz ishlatish muddatini cho‘zish va h. k.) axtarish va
ulardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
145
Gaz konlarini ishlatishda esa butun e‘tibor
iloji boricha kondensatning
yo‘qolish yo‘llarini kamaytirish va
shunday qimmatli xom-ashyoni qo‘lga
kiritilishiga qaratilishi kerak.
Gaz va gaz kondensat quduqlarining samarali ish rejimini belgilash barcha
hollarda ham gidrodinamik hisob kitoblar orqali bajariladi,
bunda albatta tajriba
uchun qilingan ishlatish natijalari asosiy manba bo‘lishi lozim.
Past bosimda va oz mahsuldorlik holatlarida ishlatilgan quduqlarda gidratlar
hosil bo‘lishi ishlatishni izdan chiqaradi. Bu hollarning oldini olish choralarini
ko‘rish asosiy maqsad bo‘lmog‘i kerak.
Dostları ilə paylaş: