149
QITR – gaz konini ishlatish sistemasi va konni jihozlashning asosiy qismidir.
Shuning uchun optimal quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini asoslash konni
optimal ishlash va jihozlash ko‘rsatkichlarini asoslashga olib keladi.
Iqtisodiy taxlil va hisoblarning ahamiyatini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz.
Aytaylik, kollektor mustahkam va quduq xarakteristikasining aniq cheklanishi yo‘q
bo‘lsin. Lekin bu yerda har qanday debit yoki dipressiya ratsional emas. Quduq debiti
qancha katta bo‘lsa rejalashtirilgan gaz miqdorini qazib olish uchun kerakli quduqlar
soni shuncha kam bo‘ladi. Quduq debitini qanchalik
oshirilsa qatlamda
dipressiyaning, shuningdek quduqda va gaz yig‘ish kollektorlarida bosim
yo‘qotilishining oshishiga olib keladi. Quduqlar sonining kamayishi mahsuldor
qatlamni notekis
sizdirish darajasini oshiradi, bu esa umumiy dipressiya
voronkasining chuqurroq hosil bo‘lishiga olib keladi.
Natijada muddatidan oldin bosh va siquv kompressor stantsiyalarining ishga
tushirilishini talab qiladi. Shuning uchun mustahkam kollektorli
uyumni ishlatishda
qatlamdagi ratsional dipressiyani tanlash uchun texnik-iqtisodiy hisob kitoblardan
foydalaniladi.
Quduqning oqilona texnologik rejimini tanlash – gaz va gazokondensat
konlarini ishlashini loyihalashtirishning asosiy masalalaridan biridir.
Quduq ish
rejimiga ta‘sir qiluvchi qator sharoit va omillar maqsadli ishlashda majmuaviy
yondoshishni talab qiladi. Uni tanlash geologik,
kon-geofizik, gidrodinamik va
laboratoriya tadqiqotlari ma‘lumotlari asosida amalga oshiriladi.Ko‗p
hollarda,
texnologik rejim ikki va undan ortiq omillarga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, aniqlovchi
omil kollektorning mustahkamligi bo‗lsa, unda
tiqinlarni buzish jarayoni, quduq
konstruksiyasi, shuningdek, ba‘zi hollarda, gidrat hosil bo‗lishi va yemirilish
o‗rtasida bog‗liqlikni o‗rnatish kerak. Tanlangan rejimga qo‗shimcha omillar ta‘sir
qilishidan qat‘iy nazar, quduqning oqilona texnologik rejimini tanlashda aniqlovchi
omilni belgilash va asoslash muhim masalalardan biri hisoblanadi. So‗ng, aniqlovchi
omil uchun yaroqli bo‗lgan mezonlarni tanlash kerak.
Ko‗rib chiqilgan qator omillar quyidagilarga asoslangan:
1) quduq tubidagi doimiy bosim gradiyenti rejimi;
150
2) qatlamga berilayotgan doimiy depressiya rejimi;
3) doimiy quduq tubi bosimi rejimi;
4)
doimiy debit rejimi;
5) doimiy sizilish tezlik gradiyenti rejimi;
6) gidratsiz rejim;
7) doimiy quduq usti bosimi rejimi;
8) yemirilish sharoitida doimiy oqim tezligi rejimi.
Dostları ilə paylaş: