148
quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini asoslashda texnologik jihatdan aniq
cheklanishlarni ham e‗tiborga olish kerak. Bular quyidagilar:
1. Gazning drossellanish effekti natijasida quduq tubi zonasida gazning
noizotermik sizishi yuzaga keladi.Kichik qatlam harorati sharoitida quduq tubi
zonasida gidrat hosil bo‘lish xavfi tug‘iladi, buning oldini olish uchun qatlamga gidrat
hosil bo‘lishini oldini oluvchi ingibitorlar (metanol) ni davriy ravishda haydab turish
mumkin. Ikkinchi usuli – quduqlarni ishlatishning qatlamda gidratsiz dipressiyani
ushlab turishli texnologik rejimi ( V.S.Smirnov).
2. SHimoldagi gaz konlarida ba‗zi bir ishlatish rejimlarida quduq stvolida gidrat
hosil bo‘lishi mumkin. Ishlatiladigan NKQlarning har bir diametri uchun debit
diapazoni belgilangan bo‘ladi va unda gidrat hosil bo‘lmaydi. Kichik debitda
gidratning hosil bo‘lishi atrofdagi tog‘ jinslari bilan issiqlik almashinishning ta‗siri
natijasida bo‘ladi. Katta debitda gazning harorati Joul-Tomson effekti natijasida
pasayadi. Shuning uchun Yu.P.Karataev, B.L.Krivoshein ilmiy ishlarida quduqlarni
ishlatishning gidratsiz debitini hisoblash metodi keltirilgan.
3. NKQ larida gazning ma‗lum bir harakati tezligida, agar tarkibida nordon gaz
bo‘lsa, quvurlarning muftali birikmalarida korroziyali yemirilishlar kuzatiladi. NKQ
lari uchun kerakli metallarni qo‘llash yuqoridagi salbiy ta‗sirlarni oldini oladi. Yoki
NKQ da gazning harakat tezligini ruxsat etilganidan oshirmasdan texnologik rejimni
ushlab turish kerak.
4. Gaz va gazkondensat quduqlari tubida suyuqlik paydo bo‘lganda quduq
tubida minimal darajada suyuqlik ajraladigan debitda quduqlarni ishlatish zarur. Aks
holda quduq tubidagi suyuqlikni chiqarib olish uchun plunjerli liftdan yoki SFM lardan
foydalanish kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: