N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
 
3 §. Gaz va gazkondensat qudug’ining yer usti va yer osti qurilmalari 
Quduqlardan kutilayotgan bosim va debitga qarab o‘zlashtirish va ishlatish 
usullari tanlanadi. Shuning uchun shu quduqni konstruktsiyasi va ishchi bosimiga 
qarab yer usti jihozlari tanlanadi. 
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda quduqlarning tuzilishi loyiha asosida olib 
borilishi kerak bo‘lib, quduq ustida bir davrda bir qator moslamalar o‘rnatiladi. 
Gazning quduq ustidan guruhiy yig‘uv punktigacha yoki gaz yig‘uv 
kollektorigacha harakati yo‘lidagi gaz quduqlari yer usti jihozlariga quyidagilar 
kiradi: 
a) favvora armaturasi (archa);
b) shleyflar (guruhiy punktlarning joylashishiga va quduqlar debitiga bog‘liq 
holda turli uzunlik va diametrga ega bo‘lgan quvurlar);
c) boshqariladigan yoki oddiy stutser;
d) har bir quduq yoki bir necha quduqlar uchun umumiy mos keluvchi bosim 
va o‘tkazish qobiliyatiga mo‘ljallangan separator;
e) past bosimli qatlam gazlarini yuqori bosimli gazlar bilan aralashtirib 
transport qilishga mo‘ljallangan ejektorlar;
f) sleyflarda, separatorlarda va ejektorlarda gidratlarga qarshi kurashish uchun 
jihozlar majmuasi (metanolli bachok, DEG ni regeneratsiya kolonnasi, dozirovka 
nasosi, quduq ustida gazni avtomatik qizdirish pechi). 
Gazkondensat quduqlari yer usti jihozlariga quyidagilar kiradi: 
a) favvora armaturasi (archa); 


151 
b) sleyf;
c) kondensatni yig‘ish uchun idishi bilan yuqori bosimli separator;
d) ―quvur ichida quvur‖ turidagi issiqlik almashtirgichlar;
e) boshqariladigan yoki oddiy shtutser; 
f) o‘tkazuvchanlik qobiliyati va bosimga mo‘ljallangan past haroratli separator; 
j) issiqlik almashtirgichda, shtutserda va past haroratli separatorda hosil 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan gidratga qarshi kurashish uchun jihozlar kompleksi 
(dozirovka nasoslari, dietilenglikol idishi, DEG ni regeneratsiya pechi, DEG va 
kondensatni tindirgich-ajratgichlari, DEG ni sovitish va qizdirish uchun issiqlik 
almashtirgichlari). 
Gazkondensat konlari gazini tayyorlash uchun aniq sharoitlarga bog’liq holda 
boshqa qurilmalar ham qo’llanilishi mumkin.
Guruhiy yig‘uv punktlaridagi (separatorlar, shutserlar, issiqlik almashtirgichlar, 
kondensat yig‘gichlar va b.) gaz va gazkondensat quduqlari yer usti qurilmalari gaz 
qazib olish bo‘yicha kuzatuvchilar (kuzatuvchilar qurilmalarning sozligi va me‘yoriy 
ish tarzini mukammal nazorat qilib turishlari shart) tomonidan doimiy nazoratda 
bo‘lishi kerak.
Gaz tarkibida korroziya aktivligi yuqori bo‘lgan komponentlar bo‘lgan 
quduqlarda armatura va flanetsli, rezbali, svarkali birikmalarga alohida e‘tibor berish 
zarur.
Qurilmalarning alohida qismlarida nosozliklar aniqlanganda bu nosozliklarni 
darhol bartaraf etish bo‘yicha choralarni ko‘rish kerak. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin