154
Tizim boshchasi
- favvora armaturasini pastki qismida joylashgan bo‘lib,
butun armatura shu tizim boshchasi ustiga quriladi, ya‗ni
u armaturaga tayanch
maydonchasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu tizim boshchasi konduktor va ishlash
tizmasining yuqori qismini birlashtirish uchun xizmat qiladi va quvurlararo bo‘shliqni
germetik mustahkamlaydi.
Chuqur va yuqori bosimli quduqlar uchun quyidagi besh guruh tizim
boshchalari ishlab chiqarilgan (mm da):
1. GKK-600-273x168 GKK-600-299x168
2. GKK-300-245x146 GKK-300-219x146
3. GKK-125-273x168 GKK-200-273x168
4. GKK-125-245x146 GKK-125-219x146
5. GKK-500-168x273x426
1-guruh tizim boshchalari: GKK-600-273x168 va GKK-600-299x168 ( GKK-
golovka kolonnaya s klinovoy (podveskoy)) 600atm da sinab ko‘riladi va 300 atm
bosimga mo‘ljallangan bo‘lib, ular ikkita tizmani: texnik (mos holda 273 mm va 299
mm) va ishlatish (168 mm) tizmalarini birlashtirish maqsadida ishlab chiqariladi.
2-guruh tizim boshchalari: GKK-300-245x146 va GKK-300-219x146 600 atm
da sinab ko‘riladi va 300 atm ishchi bosimga mo‘ljallangan bo‘lib,
ular mos holda
245 va 219 mm li texnik tizma bilan birlashtiriladi. Shunday tizma boshchalari
(245x1) 245, 273, 299 va 325 mm li tizmalarni ham birlashtirish maqsadida ishlab
chiqariladi.
3-guruh tizim boshchalari: GKK-125-273x168 va GKK-200-273x168 400 atm
da sinab ko‘riladi va 200 atm ga mo‘ljallangan bo‘lib, ular 273 mm li texnik tizma
bilan 168 mm li ishlatish tizmasini birlashtirish uchun xizmat qaladi.
Shunday
konstruktsiyali tizma boshchasi 168 mm li ishlatish tizmasini birlashtirish uchun,
325, 229 va 245 mm li texnik tizmalarni birlashtirish uchun qo‘llaniladi.
4-guruh tizim boshchalari GKK-125-245x146 va GKK-125-219x146 mm lar
uchun 250 atm bosimda sinab ko‘riladi (245 mm) va 125 atm ishchi bosimga
mo‘ljallangan bo‘lib, 245 mm va 219 mm li texnik tizmani 146
mm li ishlatish
kolonnasi bilan birlashtiradi.
155
5-guruh tizim boshchalari chuqur quduqlar uchun (yuqori bosimli) shuningidek
odatdagi sharoitda 114 mm li ishlatish tizmasi uchun, 125-300 atm bosimli ishlatish
uchun chiqariladi.
GKK-500-168x273x426 mm tizma boshchasi tizmali quduqlarni 426, 273, 168
mm li tizmalarni birlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, 500atm ishchi bosimda , 1000
atm da sinab ko‘riladi.
Tizma boshchasining yerdan balandligi oshib ketmasligi uchun (200 mm gacha
yo‘l qo‘yiladi) butun tizma boshchasiga shurf joylashtiriladi.
Favvora armaturasi – bu favvora quduqlarining eng asosiy quduq usti qurilmasi
bo‘lib hisoblanadi. Armatura yordamida qatlamni uyg‘otish va oqimni chaqirish,
shtutserlarni tekshirish, quduqlarni ishlashdan to‘xtatish, mahsulot olishni boshqarish
kabi hamma ishlar amalga oshiriladi.
Quduq favvoralanish davrida favvora armaturasining ishlashi mumkin bo‘lgan
shartlari:
1)
neft qudug‘ida kutilayotgan bosimlar;
2)
qum miqdori va uning armaturada
harakatlanish tezligi;
3)
favvoralanish harakteri;
4)
karroziyaga olib keluvchi moddalar borligi.
Dostları ilə paylaş: