N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


Quvurlar bosh birikmasi va uning vazifasi



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

Quvurlar bosh birikmasi va uning vazifasi. 
Quduqlardan kutilayotgan bosim va debitga qarab o‘zlashtirish va ishlatish 
usullari tanlanadi. Shuning uchun shu quduqni konstruktsiyasi va ishchi bosimiga 
qarab yer usti jihozlari tanlanadi. 
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda quduqlarning to‘zilishi loyiha asosida olib 
borilishi kerak bo‘lib, quduq ustida bir davrda quyidagi moslamalar o‘rnatiladi. 


152 
Tushirilayotgan kolonnalarni ushlab turish, quvurlar oralig‘ini zichlash, ish 
tizimi to‘g‘ri ta‗minlash maqsadida quvurlar bosh birikmasi o‘rnatiladi, quvurlar bosh 
birikmasi o‘z navbatida 3 ga bo‘linadi : 
1.
Quyi bosh birikma – yunaltiruvchi kolonna tushiriladi va unga biriktiriladi. 
2.
O‘rta bosh birikmasi – konduktor va texnik kolonna tushiriladi va unga 
biriktiriladi. 
3.
Yuqori bosh birikma – ishlatish kolonnasi tushirilib, unga biriktiriladi. 
Ushbu birikmalar oralig‘i semonlanadi va chiqiish liniyalari o‘rnatiladi. Ular orasida 
hosil bo‘ladigan bosim doimiy tushirib borilishi zarur. 
 
5.8-rasm. Quvurlar bosh 
birikmasi: 
1 – uchyoq korpusi; 2 – zichlagich; 
3 - grundbuksa; 4 - quvurni tutgich; 
5 – stoporniye vinti; 6 – manjeta; 
7 - vtulka; 8 – perevodnik; 
9 – flanets 
Quduqlarning tuzilishiga qarab bog‘lanmasi 2 turda shakllangan bo‘ladi : 
1.
Bir kolonnali 
2. Ikki kolonnali 
Quduq tanasi, mustahkamlovchi quvurlar birikmasi tog‘ jinslarning doimiy 
bosimi ostida bo‘ladi, ishlov quvurlari esa qatlamlar bosimi yoki haydalayotgan 
suyuqlik yoki gazni bosimi ostida bo‘ladi.
Mustahkamlovchi quvurlar birikmasi ichki va tashqi bosimlardan tashqari 
o‘zlarini og‘irlik kuchlari kuchlari ta‗siri ostida bo‘ladi, konduktor esa qolgan 
quvurlar birikmasini og‘irligini yoki og‘irlikni bir qismini o‘ziga oladi. Quvurlar 
birikmasi boshchasi mustahkamlovchi quvurlardan tashkil bo‘lgan kuchlanishlarni
ichki bosimini, uskunalarga tayanch bo‘lgan ishlov quvurlarini og‘irliklarini o‘ziga 


153 
qabul qiladi. Ichki bosim kabi tashqi bosim ham quduqni ishlatish jarayonida 
o‘zgaradi. 
Quduqni favvora usulida ishlatishda ko‘targichni nomuntazam ishlashi 
o‘zgaruvchi kuchlarni hosil bo‘lishiga olib keladi.
Yuqori mahsulot olish vaqtida va qatlam gazida obraziv moddalarini bo‘lishi, 
suvning yuqori minerallashgan bo‘lishi yemirish sharoitlarini vujudga keltiradi. 
Natijada u mustahkamlovchi quvurlarga, quvurlar birikmasi boshchasiga va tsement 
halqasiga ta‘sir ko‘rsatadi. 
Gaz tarkibidagi karbonot angidrid gazi va oltingugurtsuvchil miqdori 4,25 % 
bo‘lgan, yuqori haroratli (250
0
Cdan yuqori), bosimli konlarda quvurlarni yemirish 
sharoiti tug‘iladi. 
Yuqori bosim ostida quduqqa kislota, ishchi suyuqlar, gaz, yuqori haroratli 
issiq tashuvchilar haydash ham quduq ishini og‘irlashishiga olib keladi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin