N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


 Konda gidrat hosil bo‘lishini oldini olish



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
4.3. Konda gidrat hosil bo‘lishini oldini olish
Quduqlar ishlashining haroratli texnologik rejimi. 
Qatlam va quduq stvolini qurshagan muhitning harorati past bo‗lganida hamda 
gazda namlik mavjudligida quduq tubi zonasida va quduq stvolida gidratlar hosil 
bo‗lishi uchun sharoit yuzaga keladi. Natijada quduqning ishlashi murakkablashadi 
va gaz qazib olishning ishonchliligi pasayadi. Gidrat hosil bo‗lishini bartaraf etishga 
va quduqlardan foydalanish imkoniyatini oshirishga quduqning ishlashini texnologik 
rejimini to‗g‗ri tanlash yoki quduqqagidratga qarshi ingibitorlarni haydash yo‗li bilan 
erishish mumkin. Quduqning gidratlar hosil qilmay ishlashini ta‘minlaydigan 
texnologik rejimni belgilash imkoniyati mavjud bo‗lganda, kam samarali usul 
quduqqa ingibitorni haydash usulini qo‗llash maqsadga muvofiq emas. Gidrat hosil 
bo‗lish sharoitida quduqning ishlashini haroratli texnologik rejimini anikdash va 
gidrat hosil bo‗lishini barqaror bosim va harorat bilan bog‗lash kerak. Barqaror bosim 
va haroratda gidrat hosil bo‗lishi gaz tarkibi, namlik miqdori, quduq stvolini o‗rab 
turgan muhitning teplofizik hususiyatlari va parametrlariga va b. ga bog‗liq. 


170 
Quduqning ishlashini haroratli texnologik rejimini belgilash uchun gazning 
debiti, bosimi va haroratining o‗zgarishini aniqlash va bu o‗zgarishlarni gidrat hosil 
bo‗lishining barqaror bosimi va harorati bilan bog‗lash zarur. Bunda gaz oqimining 
quduqqa kirib kelishi tenglamasidan, quduq stvolida gaz oqimini harakatlanish 
tenglamasidan, gidrat hosil bo‗lish bosimi bilan barqaror harorat oralig‗idagi analitik 
yoki eksperimental bog‗liqlikdan va qatlamda hamda ishlayotgan quduq stvolida 
haroratni o‗zgarish tenglamasidan foydalanish kerak. Quduqning ishlashini gidratsiz 
rejimi uchun ma‘lum debitda (bosimda) gaz harorati gidrat hosil bo‗lishining 
barqaror haroratidan t
r
yuqori bo‗lishi zarur. 
Agar gidratlar faqat qatlamda hosil bo‗lmasligi zarur bo‗lsa, t
m
>t
p
shart 
qoniqtirilishi kerak. 
Agar gidratlar quduq ustigacha hosil bo‗lmasligi zarur bo‗lsa t
y
>t
p
bo‗lishi 
lozim. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin