N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


 Kristallogidratlar va ularning hosil bo‘lish sharoitlari



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

4.2. Kristallogidratlar va ularning hosil bo‘lish sharoitlari 
Gaz va gazokondensat konlarini sovuq iqlim sharoitlarida ishlatishda gazlar 
tarkibida kristallogidratlar hosil bo‗lish hodisalari uchrab turadi. Gaz quvuri ichida 
ham qattiq modda - kristallogidrat hosil bo‗lishi, quvurning buzilishiga olib kelishi 
mumkin. Shuning uchun ayniqsa, keyingi vaqtlarda Sibir va Chekka shimol 
rayonlaridagi konlarni ishlatish munosabati bilan kristallogidratlarni tuzilishi, ularni 
hosil bo‗lishiga qarshi kurash yo‗llarini o‗rganish muhim vazifa bo‗lib qoldi. 
Kristallogidratlar (bundan buyog‗iga faqat gidratlar deb aytamiz) - tashqi 
ko‗rinishdan oq kristall modda bo‗lib, muz yoki qattiq qorga o‗xshaydi. Gidratlarning 
asosiy tarkibi suv molekulalarining karbonsuvchil molekulalari bilan birlashishidan 
hosil bo‗ladi.
Agar gidratlarning kristall panjarasini tekshirib ko‗rsak, bu panjarada bir 
modda molekulalari (mas.suv) orasida boshqa bir modda (karbonsuvchil) 
molekulalari joylashib olganini ko‗rishimiz mumkin. Bunday joylashish va 
molekulalar orasidagi tortishish Van - der - Vaals kuchlari yordamida vujudga keladi. 
Bu kuchlar natijasida gidratlar ikki turda hosil bo‗lishi mumkin (5.15 - rasm.)
5.15 – rasm. Gidratlarning 1 
(a) va 2 (b) turdagi
tuzilish kristall panjaralari. 


168 
Birinchi turdagi gidratlar (5.15, a - rasm) hosil bo‗lishida suvning 46 
molekulasi 8 ta karbonsuvchil molekulasi bilan kristall panjara yasaydi va bu panjara 
ikki xil - katta va kichik bo‗shliqlarni hosil qiladi. Kichik bo‗shliqlar ikkita bo‗lib, 
ularning diametri 0,52 nm.ga teng bo‗ladi. Katta bo‗shliqlar soni oltita bo‗lib, 
ularning diametri 0,59 nm.ga teng bo‗ladi. Bu bo‗shliqlarning hammasi gidrat hosil 
qiluvchi moddalar bilan to‗lganda, bunday gidratlar 8 M 46 H
2
O yoki M 5,75 H
2

ko‗rinishda yoziladi. 
Ikkinchi turdagi gidratlar (5.15, b - rasm) hosil bo‗lishida suvning 136 ta 
molekulasi 8 ta karbonsuvchil molekulasi bilan kristall panjara yasaydi. Bu panjaralar 
16 ta bo‗lib, diametri 0,48 nm.ga teng, katta bo‗shliqlar 8 ta bo‗lib, diametri 0,69 
nm.ga teng. Bu kichik va katta bo‗shliqlarning hammasi gidrat hosil qiluvchi 
moddalar bilan to‗lganda, bunday gidratlar 8 M 136 H
2
O yoki M 17 H
2
O ko‗rinishda 
yoziladi. 
Gidratlar hosil bo‗lish jarayoni juda murakkab bo‗lib, buning uchun bir 
vaqtning o‗zida suv, gaz, suyuq gidrat hosil qiluvchi modda va muz o‗rtasida bosim 
bilan harorat o‗zgarishi natijasida geterogen (getero - grekcha ―har xil‖ makroskopik 
bir xil bo‗lmagan fizik - kimyoviy sistema, har xil xossalarga suyuq, qattiq, gaz) 
tizimlarning muvozanat holatlari mavjud bo‗lishi kerak. Bu holatlarni 5.16 - rasmdagi 
diagrammadan yaqqol ko‗rish mumkin.
5.16 – rasm. Gidratlar hosil bo‗lish 
fazaviy diagrammasi. I - gazsimon gidrat 
hosil qiluvchi karbonsuvchil, II - gidrat 
hosil qiluvchi suyuq eritma, III - suv 
eritmasi gidrat hosil qiluvchi modda 
holatida, IV – gidrat holati va V – moda 
muz holatida. 
5.16 - rasmdagi ―C‖ nuqtada to‗rt xil xususiyatga ega bo‗lgan modda mavjud, 
ya‘ni karbonsuvchil, gidrat hosil qiluvchi suyuq eritma, suv va gidrat moddalari bor 
bo‗lgan murakkab geterogen sistemasi bor. Xuddi shuningdek V nuqtada, uch xil 


169 
xususiyatga ega bo‗lgan geterogen sistemasi mavjud. Bu sistemalarni parchalash 
uchun harorat yoki bosimni birozgina o‗zgartirish kifoya, shunda geterogen sistemasi 
parchalanib, alohida bir turkumdagi moddalarga aylanadi.
Gazlarning gidratlanishini oldini olish uchun avvalo, yer ostidan olingan gaz 
maxsus qurilmalarda namlikdan tozalanadi, quritiladi. Quritish shu darajada olib 
boriladiki, to gazni quvurlardan haydash normal (ya‘ni halokat yoki gidratsiz) 
sharoitlarda bo‗lishi ta‘minlanadi. Ba‘zan gaz yig‗uvchi shahobchalarga yoki uzoqqa 
gaz uzatuvchi quvurlarga antigidrat, ya‘ni gidrat hosil qilishni oldini oluvchi maxsus 
moddalar - ingibitorlar ham qo‗shib haydaladi. 
Shuningdek, gidrat hosil bo‗lishdan paydo bo‗lgan to‗siqlarni yo‗qotish uchun 
ham ingibitorlardan foydalaniladi, ba‘zan esa quvur ichidagi gaz bosimini 
o‗zgartirish (ko‗pincha pasaytirish) yoki haroratini oshirish natijasida ham gidratlar 
yo‗q qilinadi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin