173
Jihoz va uskunalardan foydalanish davomida ularning ish qobiliyatini saqlash,
ishonchli ishlashini ta`minlash uchun ularni korroziyadan himoya qilish dolzarb
vazifalardan biridir. Ayniqsa atmosferaning har xil korrozion-faol
moddalar bilan
umumiy ifloslanishi, hamda neft va gaz mahsulotlarini qazib olish,
saqlash va
transport qilishda ishlov beriladigan mahsulotlarning o`ziga xos xususiyatlari shu
soxada qo`llaniladigan jihozlarning korroziya bardoshliligini oshirishni talab
qiladi.
Korroziya
- metallarning korrozion muhitlar
bilan kimyoviy yoki
elektrokimyoviy o`zaro ta`siri natijasida yemirilish jarayonidir.
Korrozion muhit
- metallarning korrozion jarayonlar sodir bo`lishiga olib
keladigan agressiv atmosfera, kislotali eritmalari,
ishqorlar, tuzlar va boshqa
muhitlardir. Ko`pgina metallar agressiv muhitlar ta`sirida termodinamik noturg`un
bo`lganligi uchun oksidlangan holatga o`tadi va yemiriladi. Metallarning korrozion
jarayonlar keshishi
natijasida massalari kamayadi, zaruriy texnologik xossalari,
mexanik mustahkamligi; plastikligi; qattiqligi kabi xossalari o`zgaradi.
Korroziya detallarning va mexanizmlarning ish qobiliyatining pasayishi va
ishdan chiqishiga olib keluvshi asosiy yemiruvshi omillardan biri hisoblanadi.
Korroziya natijasida yo`qotishlarni
bevosita
va
bilvosita
usullarga bo`lish
mumkin.
Bevosita korroziyadan yo`qotishga
buyumlarni
himoyalash uchun
qilinadigan sarf-harajatlar va metallning ish qobiliyatini yo`qotish natijasida to`liq
ishdan chiqishi kiradi. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko`ra metallarning to`liq ishdan
chiqishi hozirgi vaqtda yiliga 10-15% ini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: