N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


Bilvosita korroziyadan yo`qotishga



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

Bilvosita korroziyadan yo`qotishga
 
jihozlarning ish unumdorligi kamayishi 
natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va hajmi kamayishi, hamda 
metallar sarfining oshishi kiradi.
Neft va gaz sanoatida korroziya natijasida ko`pgina jihozlarning ish 
unumdorligi kamayishi va ishdan chiqishi kuzatiladi. Ayniqsa quvurlar, jo`mraklar va 
rezervuarlar Shular jumlasidandir. 


174 
Metallarning korroziyaga qarshilik ko`rsatish qobiliyati 
korroziyabardoshlik
 
deyiladi. Metall va ularning qotishmalari har xil haroratli sharoitlarda va har xil 
tashqi muhitlarda turlisha korroziyabardoshlilikka ega bo`ladi.
Korroziyaga qarshi himoya usullari konstruksion, texnologik va foydalanish 
davridagi tadbirlarga bo`linadi va uning usullari korrozion eksperimental tadqiqotlar 
asosida ishlab chiqiladi.
Metall materiallar ularni qurshab turgan muhit ta`sirida har xil tezlikda 
yemiriladn. Bu yemirilishning asosiy sababi metall sirtining tashqi muhit bilan 
kimyoviy o`zaro ta`siri natijasida bo`ladi. 
Metall (material)larning atrof muhit bilan kimyoviy ta`siri natijasida o`z-
o`zidan yemirilish 
korroziya
 
deyiladi. (lot. 
Soggodege
– o`z-o`zidan yemirilish). 
Korrozion jarayonlar metall sirtida sodir bo`ladigan reaktsiyalar mexanizmiga 
ko`ra kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalarga bo`linadi. 
Kimyoviy korroziya
 
metallning agressiv muhit bilan o`zaro kimyoviy ta`sirida 
sodir bo`ladigan jarayonlar orqali keshadi. Kimyoviy korroziyada metall sirti bilan 
suyuq yoki gazli muhitlarning kimyoviy geterogen reaksiyalari sodir bo`lib, natijaviy 
elektr toki hosil bo`lishi kuzatilmaydi. Korroziya metall sirtiga quruq gazlar va 
bug`lar, suyuq eletrolitmaslar (neft va uning mahsulotlari, spirtlar, mineral yog`lar, 
organik birikmalar) ta`sirida kuzatiladi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin