N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

Ме
Ме
Ме
Ме
Ме
Ме
Ме
Ме
Ме
Ме
Ингибитор
Ингибитор
Ингибитор
Ингибитор
Ингибитор
Металл
Мухит
Ме
Ме
Ме
Ме
Ме
Ме
Ме
Ме
Ме
Ме
Ингибитор
Ингибитор
Ингибитор
Ингибитор
Ингибитор
Металл
Мухит
Ме
Ме
Ме
Ме
Ме
а)
б)
5.18-rasm. Ingibitorlarning metall sirtiga adsorbsiyasi (a) va himoya 
qatlamining tuzilishi (b) sxemalari. 
Adsorbsion nazariyaga ko‗ra ingibitor molekulalari metall faol sirtiga 
adsorbsiyalanadi va u bilan kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Kim adsorbsiya 
natijasida anod va katod reaksiyalari tezligi sekinlashadi, ya‘ni metall korroziyasi 
kamayadi (5.18, a - rasm). 
Ingibitorlarning qatlam hosil qilishi nazariyasiga ko‗ra ingibitor metall sirtiga 
adsorbsiyalanib, kiyinchalik yaxshi himoyalash xossasiga ega bo‗lgan qiyin eriydigan 
qatlam ko‗rinishidagi kimyoviy birikma hosil qiladi (5.18, b - rasm). 
Korroziyaga qarshi ingibitorlarning qo‗llanilishi metallarning turli tajavvuzkor 
muhitlardan himoyalash uchun eng samarador usullardan hisoblanadi. Ingibitorlar 
metall sirtining tashqi muhit ta‘siridagi kimyoviy jarayonlar sodir bo‗lishini 
sekinlashtiradigan yoki to‗xtatadigan hususiyatga ega bo‗lgan moddalardir. 
Metallarga xususan olganda po‗latlarga bir qator noorganiq va organiq moddalar 
ingibirlovchi ta‘sir ko‗rsatadi. Ingibitorlar metall sirtida juda yupqa qatlam hosil 
qilib, uning tashqi muhitdagi korroziyadan himoyalash sharoitini yaratadi. X. Fisher 
nazariyasiga ko‗ra ingibitorlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
Metall sirtini ekranlovchi, ya‘ni metall sirtini yupqa qatlam bilan qurshab 
oluvchi ingibitorlar. Metall sirtida bunday qatlamlar sirt adsorbsiyasi natijasida sodir 


177 
bo‗ladi. Metall sirtiga fizik ingibitorlar ta‘sir qilganda kimyoviy reaksiyalar sodir 
bo‗lmaydi. 
Oksidlovchi yoki passivatorlar. Xromatlar turidagi bunday ingibitorlar metall 
sirtida zich va yuqori adgezion mustahkamlikka ega bo‗lgan himoya oksid 
qatlamlarini hosil qiladi. Bu himoya oksid qatlamlari anod jarayoni sodir bo‗lishini 
sekinlashtiradi. Xromatlar turidagi qatlamlar uncha turg‗un emas va ba‘zi bir 
sharoitlarda 
qaytadan 
tiklanishi 
mumkin. 
Oksidlovchilarning 
himoyalash 
samaradorligi hosil bo‗lgan himoya qatlamining qalinligiga va uning 
o‗tkazuvchanligiga bog‗liq bo‗ladi. 
Katodli ingibitorlar. Metall sirtida katod jarayonlarni o‗ta kuchlanishini 
oshiradi. Ular oksidlash hususiyatiga ega bo‗lgan kislotali eritmalarda korroziya 
tezligini kamaytiradi. Bunday ingibitorlarga mishyak va vismutning oksidlari yoki 
har xil tuzlari kiradi. 
Ingibitorlarning himoyalash ta‘siri asosan muhit sharoitlariga bog‗liq, shuning 
uchun universal ingibitorlar yo‗q. Har qanday ingibitorlarni tanlash, ularning 
samaradorligini baholash va aniq sharoitlarda qo‗llash uchun tadqiqod va sinash 
ishlari o‗tkazilishi talab qilinadi. Hozirgi paytda keng miqyosida qo‗llanilayotgan 
ingibitorlarga: nitrit natriy; natriy fosfatlari va silikatlar; turli organiq aminlar; benzil 
sulfooksili; kraxmal; ortodeetildifosfon kislota va boshqa shu kabilar kiradi. 
Qo‗llanilayotgan ingibitorlar vaqt o‗tshi bilan sarf bo‗ladi, shuning uchun 
ularni tajavvuzkor muhitga davriy ravishda qo‗shib turish zarur. Tajavvuzkor 
muhitga qo‗shiladigan ingibitorlar miqdori uncha katta yuqori emas, umumiy hisobda 
0,001-0,005% ni tashkil etadi. Muhitning tajavvuzkorligi hisobga olingan holda 
uning nordon yoki ishqoriy tavsifiga bog‗liq ravishda tavsifiga bog‗liq ravishda 
tanlanadi. Shuning uchun ingibitor siftida qo‗llanilayotgan barcha kimyoviy 
reagentlar muhitning nordonligi yoki ishqoriyligi darajasidan kelib chiqadi. ISO-
8044-1986 standartiga ko‗ra ingibitorlar korrozion tizimida yetarli kotsentratsiyada 
qatnashuvchi kimyoviy birikmalar deb qabo‘l qilingan. Korroziya ingibitorlari 
kimyoviy birikmalar kompozitsiyalari ham bo‗lishi mumkin. Bu holda 
ingibitorlarning korrozion muhitdagi miqdori juda kam bo‗ladi. Korroziya 


178 
ingibitorlarining samaradorligi ularning himoyalash darajasi Z (%) va to‗xtatish 
koeffitsiyenti Y (ingibitorlik effekti) orqali ifodalanadi va quydagi formula orqali 
topiladi: 
Z = K
1
- K
2
/K
1
·100 = I
1
-I
2
/I
1
·100 (5.8) 
bu yerda: K
1
va K
2-
mos ravishda ingibitorsiz va ingibitorli muhitlarda metallning 
erish tezligi, [g/(m
2
·s)]; I
1
va I
2
- mos ravishda ingibitorsiz va ingibitorli muhitlarda 
metall korroziya toki zichligi. 
Agar ingibitorning himoyalash koeffitsiyenti Z=100% bo‗lsa, u shu berilgan 
muhitda metallni to‗liq korroziyadan himoya qiladi. To‗xtatish koeffitsiyenti Y 
(ingibitorlik effekti) muhitdagi ingibitorning ta‘siri natijasida korroziya tezligining 
necha marta kamayganligini ko‗rsatadi:γ=K
1
/K
2
=I
1
/I
2

Z va Y bir-biri bilan o‗zaro quyidagi munosabatlar orqali bog‗langan: 
Z = (1 –1/γ)·100
(5.9) 
γ= 1/(1- Z/100) 
(5.10) 
Ingibitorlar quyidagicha tasniflanadi: 
- ta‘sir mexanizmiga ko‗ra-katodli, anodli va aralashgan; 
- kimyoviy tabiatiga ko‗ra-noorganiq, organiq va uchuvchan; 
- ta‘sir qilish sferasiga ko‗ra - nordon, ishqoriy va neytral muhitlarda 
qo‗llaniladigan ingibitorlar. 
Korroziya ingibitorlarining ta‘siri ingibitorlarning metall sirtiga adsorbsiyasi 
natijasida sirt holatlari va erkin energiyalari o‗zgarishlari yoki metall kationlari bilan 
qiyin eriydigan birikmalar hosil qilishiga asoslangan. Metall sirtida surtiladigan 
qoplamalardan yupqa bo‗ladi. 
Ingibitorlar metall sirtiga ikkita yo‗l orqali ta‘sir qilishi mumkin: erkin 
energiyasi manfiy bo‗lgan faol metall sirti yuzasini kamaytirish yoki korrozion 
jarayonlar faollashuvi energiyasini o‗zgartirish orqali katod va anod ingibitorlari mos 
elektrod reaksiyalarni sekinlatadi, aralashgan ingibitorlar esa har ikkala reaksiyalar 
tezligini o‗zgartiradi. 


179 
Metall sirtida himoya qatlamlarining adsorbsiyasi va shakllanishi ingibitor 
zarrachalarining zaryadlari va metall sirti bilan kimyoviy bog‗lanishlar hosil qilish 
qobiliyatiga bog‗liq. Katod ingibitorlari katod reaksiyalarini yoki metallning aktiv 
erish jarayonini sekinlashtiradi. Mahalliy korroziya jarayonining oldini olish uchun 
anionli ingibitorlar juda samarador hisoblanadi. Metallarni korroziyadan himoya 
qilish uchun ingibitorlarning turli xil qo‗shimchalar bilan birgalikdagi 
kompozitsiyalari qo‗llaniladi: 
-addetiv ta‘sir, ya‘ni ingibitor va qo‗shimchalarning alohida ingibirlash 
samaralari qo‗shilib ketadi; 
-antagonizm, bu holda ingibitorga qo‗shiladigan qo‗shimchaning ta‘siri 
natijasida uning hisoyalash samaradorligi kuchsizlanadi. 
-sinergizm, bu holda kompozitsiyaning har bir komponenti bir-birining 
ingibirlash ta‘sirini kuchaytiradi 
Neft va gaz sanoati jihozlarida ichki elektroqimyoviy korroziya suyuq ichki 
fazali 
korrozion 
muhitning 
bo‘lishi 
bilan 
tavsiflanadi. 
Shu 
maqsadda 
uglevodorodlarda va suvlarda eruvchan korroziya ingibitorlarining qo‘llanilishi 
muhimdir. Ba‘zi hollarda ingibitorlarning himoya samaradorligining mexanizmi 
metall sirtida uchta qatlam hosil bo‘lishi bilan baholanadi. Uch qatlamning eng pastki 
qismida ingibitor molekulalarining qutbi oxiri bilan metall sirti bog‘lanishi o‘rnatiladi 
va ingibitorlarning himoyalash xususiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu bog‘lanish turiga 
bog‘liq bo‘ladi. Qatlamning o‘rta qismi ingibitor molekulasi noqutbiy tomoni metall 
sirtini namlash darajasi bilan tavsiflanadi. Tashqi qatlam esa neft gidrofob qatlami 
ingibitorning uglevodorodli oxiri bilan tutashadi. 
Vodorod sulfidni korroziyaga qarshi qo‘llaniladigan ingibitorlar uglevodorod 
elektrolit muhitida har ikkala muhitdan ham metallar sirtini korroziyasidan 
himoyalash xususiyatiga ega. 
Neft va gaz sanoati jihozlarini ichki korroziyadan himoyalashda korroziya 
ingibitorlariga nisbatan asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi; 
-yuqori darajada (80% dan yuqori) himoya samaradorligini ta‘minlash; 
-korroziyani to‘xtatish koeffitsiyenti; 


180 
-ingibitorning himoya samaradorligi; 
-ingibitorning boshqa kimyoviy reagentlar bilan o‘zaro ta‘siri; 
-ularni qo‘llashning iqtisodiy jihatdan samaradorligi; 
- zararsizligi, portlash va yong‘inga xavfsizligi; 
- xom ashyo bazasining mavjudligi va boshqalar. 
Hozirgi 
paytda 
viloyatimiz 
neftgaz 
konlarida 
muhitning 
tarkibiy 
o‘zgarishlariga va konlarning ishlatilish sharoitlariga bog‘liq ravishda har xil 
turkumdagi korroziya ingibitorlari qo‘llanilib kelinmoqda. 
Gazlarni qazib olish jarayonida uni foydalanish uchun transport qilingunga 
qadar uni quduqdan olingandan dastlab gazni kompleks tayyorlash qurilmalarida 
(GKTQ) va texnologik tizim oxirida gazni qayta ishlash zavodlarida (GQIZ) ishlov 
berilib tovar mahsulot ko‗rinishiga keltiriladi. Shuning uchun texnologik tizimda 
qo‗llaniladigan jihozlar uchun korroziyasi har xil tarkibli muhitlar ta‘sirida korrozion 
yemirilish darajasi turlicha bo‗ladi. 
Gazni dastlabki tayyorlash qurilmalari jihozlari korroziyasi bilan bog‗liq 
muammolar asosan ularning tarkibidagi korrozion tajovvuzkor H
2
S, SO
2
va namliklar 
bo‗lishi bilan bog‗liq. Gazning tarkibida namlik bo‗lganda mexanik gazlar faolliklari 
keskin oshadi va metall sirtida turli tartibdagi sirt qatlamlari hosil bo‗lishiga olib 
keladi. 
Quduqdan qazib olinayotgan gaz bilan minerallashgan qatlam suvlarining, 
xususan xloridlar bilan minerallashgan qatlam suvlarning jihozlar ichki korroziyasiga 
ta‘siri natijasida korrozion tajovvuzkorlik keskinlashadi.
Shurtan konida yiliga 2,0 mlrd.m
3
regeneratsiya gazini tozalash quvvatiga ega 
bo‘lgan qurilma bitta texnologik tarmoqdan iboratdir. 
Gazni qazib olish qurilmalari kirish liniyalari ingibitorli himoyalashda gaz 
qazib olish jihozlarini himoya qilish uchun qo‘llaniladigan ingibitorli ishlov berish 
bilan birgalikda gazni tayyorlash jihozlari ichki korroziyasiga qarshi qo‘shimcha 
ravishda korrozion jarayonlarning faollashuvi oldini olish uchun alohida 
ingibitorning 5% li gaz kondensatidagi eritmasi bilan ishlov berish usuli qo‗llanilishi 
zarur. 


181 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin