185
uskunasini ishlatish sharoitini yomonlashishiga olib keladi. Gaz bilan birga qazib
olinadigan yuqori minerallashgan suv, quduq va gaz sanoatidagi uskunalar uchun
katta xavf tug‗diradi. Qatlam suvini gaz qudug‗iga oqib kelishini oldini olish uchun,
qatlamning suvlangan oraliqlarini sement aralashmasi yordamida berkitish zarur.
Gaz bilan birga kondensasion suvni qazib olish jarayoni kondensat qazib olish
kabi oddiy jarayondan iborat. Uyumda qatlam bosimining pasayishida, gaz olishning
izotermik jarayonida, qazib olinayotgan gazning namligi pardali va kapillyar
suvlarning bug‗lanishi natijasida ortadi. Gaz tarkibidan kondensatsion suvning
ajralishi past haroratli separatsion uskunada, gazni quritish uchun kimyoviy
reagentlarni qo‗llashda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: