N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


Neft, gaz va suvni yig‘ish tizimini loyihalashga qo‘yiladigan asosiy



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

Neft, gaz va suvni yig‘ish tizimini loyihalashga qo‘yiladigan asosiy 
talablar. 
Har bir yangi oshilgan kon uchun neft, gaz va suvni yig‗ish tizimlari loyihasi 
tuziladi. Konlarda neft, gaz va suvni yig‗ish tizimlarini loyihalashda quyidagi talablar 
bajarilishi lozim:
- neft, gaz va suvni har bir quduqda aniq o‗lchash; 
- quduqdan magistral neft uzatkichgacha bo‗lgan yo‗lning germetikligini 
ta‘minlash; 
- texnologik qurilmalarda neft, gaz va suvni tovar mahsuloti darajasiga 
yetkazish; 

kapital 
harajatlarning 
yuksak 
iqtisodiy 
ko‗rsatkichiga erishish, 
metalltalabshanlikni va ishlatish harajatlarini kamaytirish; 
- texnologik qurilmalarni ishlatishni ishonchliligi va ularni zarur bo‗lganda 
avtomatlashtirish. 
Neft, gaz va suvni yig‗ish tizimining va texnologik qurilmalarning har xil iqlim 
sharoitlarida qo‗llash mumkinligi.
Konlarda neft va gazni yig‗ish va tayyorlash tizimi quduqdan to neft yoki gazni 
tayyorlash qurilmalarigacha bo‗lgan quvurlar, o‗lchov asboblari, yig‗ish punktlari, 
tayyorlash qurilmalarini o‗z ichiga oladi.
Neft, gaz qazib olish korxonalarida neft, gaz va suvni yig‗ish va tayyorlash 
texnologiyasi beshta jarayonni o‗z ichiga qamrab oladi:


198 
- har bir quduqdan kelayotgan neft, gaz va qatlam suvi tazyiqli tashlama quvur 
orqali avtomatlashtirilgan guruhiy o‗lchov qurilmasiga uzatiladi; 
- AGO‗Qda joylashtirilgan ajratgich quduq mahsulotini gaz va suyuqlikka 
( neft+suv) ajratib beradi; 
- neft, gaz va suvni AGO‗Q dan shu maydonning o‗zida joylashgan bir 
bosqichli ajratgichga uzatiladi; 
- bir bosqichli ajratgichdan ajratib olingan neft gazi o‗z bosimi ostida kon 
ehtiyojlari uchun yoki uzoqdagi iste‘molchilarga uzatiladi, neft bilan suv esa neftda 
erigan gaz bilan birgalikda ikki bosqichli ajratgichga yuboriladi. Bu yerda neft past 
haroratda gazsizlantiriladi va qatlam suvidan birlamchi tozalanadi. 
- ikki bosqichli ajratgichdan neft o‗zidan ajratilgan suv bilan tovar holiga 
yetishishi uchun ajratgich-deyemulgatorga uzatiladi, bu yerdan gaz ajratgich – 
deyemulgatordan o‗zining bosimi ostida GQIZ ga uzatiladi. 
Shunday qilib, neft va gazni yig‗ish va uzoqqa uzatishga tayyorlash quduq 
og‗zidan boshlanib, neft, gaz, suvni tayyorlash qurilmalarida tugaydigan yagona 
texnologik jarayondir.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin