200
2.2. Gaz konlarida gazni yig‘ish va uzatish tizimlari
Gaz konlarini ishlatish amaliyotida gazni yig`ishning quyidagi asosiy tizimlari
qo`llaniladi:
- chiziqli; - nurli; - halqali.
Chiziqli yig`ish tizimida asosiy gazni yig`ish
kollektorlari, ya‗ni quduqdan
gazni yig`ish punktigacha bo`lgan yo`lni tashkil etuvchi quvurlar to`g`ri shiziq
shaklida bo`ladi. Bu tizim kon kichiq va quduqlar soni oz bo`lganda qo`llaniladi
(6.2.1a-rasm). Quduqlardan GSP ga boruvshi quvurlar shleyflar deyiladi.
Ularning
uzunligi 600m dan 5km gacha bo`ladi, diametri 200mm.
Gazni yig‘uvchi kollektorlar gaz yig`ish punktiga nursimon shaklda birlashgan
bo`lsa, bunday yig`ish tizimi nurli gaz yig`ish tizimi deb ataladi (6.2.1b-rasm). Bu
tizim bir munsha murakkab, biroq to`g`ri chiziqli tizimdan ko`ra afzalliklarga ega.
Nurli gaz yig`ish tizimi boshlang`ish qatlam bosimi va gaz tarkibi har xil bo`lgan bir
necha qatlamlarni alohida ishlatish imkonini beradi.
Halqali yig`ish tizimida gaz yig`ish kollektorlari halqali ko`rinishda bo`lib, bu
tizimning afzalligi shundaki, qaysidir uchastkada avariya yuz bersa, butun bir tizimni
to`xtatmasdan o`sha yerni ta‗mirlash mumkin (6.1v-rasm).
6.1-rasm. Gazni yig`ish
tizimlari.
a - to`g`ri chiziqli;
b - nurli; v - halqali;
1 - ajratgich;
2 – kompressor stantsiyasi
yoki gaz yig`ish punkti;
3 – magistral gaz quvuri.
Gaz koni juda katta maydonni egallagan va quduqlar soni ko`p bo`lgan
holatlarda yuqorida sanab o`tilgan gazni yig`ish tizimlari aralash holatda qo`llanilishi
201
mumkin, masalan to`g`ri chiziqli va nurli yoki halqali va to`g`ri chiziqli.
Barcha
yig`ish tizimlarida gaz yig`ish kollektoriga nafaqat alohida quduqlar, balki quduqlar
guruhi guruhiy yig`uv qurilmalari orqali ulanishi mumkin. Guruhiy yig`ish tizimining
ustunligi shundaki, gaz yig`uv
kollektorlariga bir emas, bir guruh quduqlarni uyush
mumkinligi, gazni o`lchash va nazorat qilish va gaz yig`ish uchun kam quvur sarflash
imkonini beradi.
6.2-rasm. Konda gazni yig‘ish tizimlari. a) individual; b) guruhiy; c)markazlashgan;
UPG-gazni tayyorlash qurilmasi; GSP-gazni yig‘uv punkti; SSP-markazlashgan
yig‘uv punkti
6.3-rasm. Kollektorli gaz yig‘ish tarmog‘ining formalari. Quduqlarning ulanishi:
a) individual; b) guruhiy.
Gaz yig`ish tizimining asosiy elementi bo`lib, shleyflar, yig‘uvchi kollektorlar,
gaz yig`uv va o`lchov punktlari kiradi. Gaz yig`ish tarmoqlarining elementlari barcha
202
gaz yig`ish tizimlari uchun umumiy hisoblanadi. Agar
konda bir neshta qatlam va
har xil bosimli quduqlar mavjud bo`lsa, bunday holatlarda bir neshta gaz yig`ish
tarmog`i orqali gazni alohida yig`ish usulidan foydalaniladi.
Gazni uzoqqa uzatishga tayyorlash, gaz quduqlariga xizmat ko‘rsatishga
ketadigan harajatlarni qisqartirish va avtomatlashtirish bositalaridan keng foydalanish
maqsadida guruhiy yoki nurli kollektorli markazlashgan gaz yig‘ish tizimlaridan
foydalaniladi.
Bunda shtutserlar, separatorlar va gaz schyotchiqlar guruhiy yoki
markazlashgan gaz yig‘uv punktlariga o‘tkaziladi va ular orqali quduqlarning ishi
nazorat qilinadi va boshqariladi.
Dostları ilə paylaş: