N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


Shleyflar orqali alohida gaz yig‟uv punktlariga ulanadigan quduqlar soni



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

Shleyflar orqali alohida gaz yig‟uv punktlariga ulanadigan quduqlar soni 
quyidagi faktorlarga bog‟liq holda aniqlanadi: 
a) konning o‘lchamlari va uyumning tuzilishiga, quduqlar soni va ularni 
joylashtirish tizimlariga; 
b) qatlam va ustki bosim va haroratga; 
c) quduqlarning mahsuldorligi va gazning fraksion tarkibiga; 
d) gazni yig‘ish loyihasining turli variantlati texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga. 
Bir konning o‟zida mustaqil gaz yig‟sh tarmoqlari orqali alohida gazni 
yig‟ish quyidagi holatlarda qo‟llaniladi: 
a) agar bitta gotizont o‘zida ―quruq‖ gaz, boshqasi kondensatli gaz to‘plagan 
bo‘lsa, hamda gazi tarkibida sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan geliy bo‘lgan gorizontlar 
mavjudligida; 
b) mahsuldor qatlamlarning birida gaz tarkibida korroziyani keltirib 
chiqaruvchi elementlar: oltingugurt, karbonat angidrit va organik kislotalar; 
c) mahsuldor gorizontlardagi qatlam bosimlari anchagina farq qilganda (har xil 
bosimli gazlarni turli iste‘molchilarga jo‘natish yoki ejektorlardan samarali 
foydalanish uchun). 
 
2.3. Gaz yig‘ish va taqsimlash punkti 
Quduqdan chiqayotgan gaz yig`ish tarmoqlari va kollektorlar orqali gaz yig`ish 
punkti (GYP) va nazorat-taqsimlash punkti (KTP) ga yig`iladi. Bu yerda gazning 


203 
bosimini o`zgartirish va nazorat qilish ishlari ham amalga oshiriladi. Bir qator gaz 
bosimi past hollarda gaz kompressor stantsiyasiga uzatiladi, u yerda kerakli 
bosimgacha siqilib katta bosimli tizimga o`tkaziladi. Ko`p hollarda quvurlarni tejash 
va ortiqsha bosimlardan foydalanish uchun gaz ejektorlaridan foydalaniladi. 
Sho‗rtan koni yig‗uv punkti va unga ulangan quduqlar to‗g‗risida qisqacha 
ma‘lumot berib o‗tamiz. 
 
«Sho‗rtan-18» loyihasi bo‗yicha, ishlashning umumiy muddati - 46 yil, sh.j. 
o‗sib boruvchi qazib chiqarish davri - 11 yil, doimiy qazib chiqarish – 18 yil. 
―Sho‗rtan‖ konining ishlatiladigan quduqlari soni - 124. Quduqlar har biri 5-6 
quduqlardan iborat doira shaklidagi batareyalarga guruhlanadi («Sho‗rtan-16»). 
Quduqlar GDTQ ga bo‗yicha, ya‘ni 168 mm li diametrdagi shleyflar bo‗yicha 
bitta yig‗uv punkti (YP) ga 5-6 quduqlardan gaz ulanadigan kollektorli-ko‗p qatorli 
sxema bo‗yicha ulanadi. Gaz 273 mm li diametrdagi ishchi kollektor bo‗yicha yig‗uv 
punkti dan GDTQ ga kelib tushadi. Yig‗uv punktidan quduqlar mahsulotlarini 
o‗lchash uchun 168 mm diametrli o‗lchash kollektori ko‗zda tutilgan. «Sho‗rtan-16» 
loyihasi bo‗yicha GDTQ-1 ga 10 ta yig‗uv punkti, GDTQ-2 ga 16 yig‗uv punkti 
ulanadi. 
Gaz yig‗ishning barcha tizimi GDTQ kirish qatorlarida o‗rnatilgan ehtiyot 
saqlovchi klapanlarning o‗rnatilgan bosimi - 121 kgf/sm
2
– maksimal bosimga 
mo‗ljallangan. 
GDTQ-1 da gaz separatsiyalashning ikkita maydonchasi joylashtirilgan. Bitta 
maydonchada, har biri 3 mln.m
3
/sutka unumdorlikdagi ishchi gazseparatorlarning 4 ta 
bloki o‗rnatilgan. Ikkinchi maydonda har biri 3 mln.m
3
/sut unumdorlikdagi 
birlamchi ishchi separatorlarning 6 ta bloki va bitta o‗lchov separatori ko‗zda 
tutilgan.
GDTQ-2 da kirish qatorlarining ikkita maydonchasi joylashtirilgan. Birinchisiga 
8 tadan ishchi va 8 tadan o‗lchov kollektorlari ulanadi, ikkinchisiga 8 tadan ishchi va 
5 tadan o‗lchov kollektorlari va har biri 5 mln. m3/sut unumdorlikdagi 3 tadan
ishchi gazseparatori, sh.j. 1 ta – o‗lchov separatori o‗rnatiladigan, gaz 
separatsiyalashning ikkita maydonchasi ulanadi.


204 
Haqiqatda konda 15 ta yig‗uv punkti va 7 ta batareya mavjud. Bunda GDTQ -1 
ga 9 ta yig‗uv punkti: 1, 2, 3, 12, 14, 15, 22, 26, 29 ulangan. GDTQ-2 ga 4, 6, 9, 10, 
20, 24 yig‗uv punktilar va 5, 17, 19, 30, 16, 34, 21 batareyalari ulangan.
GDTQ-1 da ( 426 mm x 22 mm li suv chiqarish kollektori ishga tushirilgan . 
Suv chiqarish kollektoriga 273 mm li sharli kranlarni ulagan holda, 1, 2, 3, 4, 14, 
15, 22, 26, 29 yig‗ish punktlari suv chiqarish kollektoriga chiqarilgan.
Kranlar raqamlari: YP-6 №18 bog‗. №19 KQB ; YP-20 №7 bog‗. №8 KQB ; 
YP-1 №327 bog‗. №328 KQB ; YP-9 №13 bog‗. №14 KQB ; YP-20 №9 bog‗. №10 
KQB ; YP-2 № 327 bog‗. № 328 KQB ; YP- 10 № 2 bog‗ № 3 KQB ; BT - 5 № 19 
bog‗. № 20 KQB ; YP- 29 № 308 bog‗. № 307 KQB ; YP-12 №324 bog‗. №323 
KQB ; YP-26310 bog‗. №309 KQB ; YP-14 №315 bog‗. №316 KQB ; YP-14 №315 
bog‗. №316 KQB ; BT-17 №25 bog‗., №26 KQB ; YP-15 №322 bog‗. №321 KQB ; 
YP-3 №313 bog‗. №314 KQB ; BT-19 №21 bog‗. №22 KQB ; YP-22 №312 bog‗. 
№311 KQB ; BT-30 №23 bog‗. №24 KQB ; YP-4 bog‗.№146 KQB ; 
Batareyalardan gaz Du-273 ishchi kollektori bo‗yicha GDTQ-2 ning KQB ga 
kelib tushadi, shuningdek batareyalardan Du-168 o‗lchov kollektori tortilgan. № 
17,19 batareyalaridan gaz bitta Du-325 ishchi kollektori bilan GDTQ-2 ning KQB ga 
kelib tushadi, o‗lchov kollektoriga esa № 22 quduq ulangan.
GDTQ-1 va GDTQ-2 dan gazni tashish Du-426 va 720 kollektorlari orqali 
amalga oshiriladi.


205 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin