Quduqqa qum kelishini oldini olish. Mahsulot miqdorini ma‘lum bir ruxsat
etilgan darajagacha pasaytirish bilan jinslarning buzilishini cheklash mumkin. Biroq
tog‗ jinslari kuchsiz sementlangan sharoitdagi quduqlarni bunday rejimlarda ishlatish
ko‗p hollarida iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‗ladi. Shuning uchun har xil quduq tubi
sizgichlari qo‗llaniladi yoki quduq tubi zonasida jinslarni qotirish amalga oshiriladi.
Tayyorlanish konstruksiyasi va texnologiyasiga ko‗ra quvurli va shag‗alli
sizgichlar mavjud. Quvurli sizgichlarni quduqqa mustahkamlovchi quvurda yoki
nasos-kompressor quvurlari yordamida mustahkamlovchi quvurlar birikmasi ichiga
tushiriladi. Ularni oddiy (quvurda teshiklar 1,5-20 mm yoki tirqishlar 0,4-0,5 mm li
o‗lchamda), murakkab (simni o‗rashdan hosil qilingan), metallokeramik presslangan
kukunni vodorodli muhitda 1200˚ C da qizdirib biriktirishdan hosil qilingan turlarga
ajratish mumkin.
Shag‗alli sizgichlar yer yuzasida (shag‗al fraksiyasining diametri 4-6 mm, ikkita
perforatsiyalangan quvurlar orasidagi oraliq 20-25 mm) va quduq ichida
(perforatsiyalangan quvur devori ortidagi zarralar qavati yuvilmasa) tayyorlanishi
mumkin. Quduq tubi zonasining jinslarini mustahkamlash zarralarini o‗zaro har xil
jismlar bilan bog‗lashdan iborat. Bunda sementli eritma, sement – qumli
aralashmalarning eritmasi, fenolformaldegidli mum va hokazolar ishlatiladi. Usulning
mazmuni, vazifasi jismlarni nasos-kompressor quvurlari orqali quduq tubi zonasiga
haydashdan iborat. Qatlam qalinligi va quduqning yutilish qobiliyatidan iborat.
Qatlam qalinligi va quduqning yutilish qobiliyatiga bog‗liq holda, haydash jarayoni
bir yoki bir necha marta o‗tkaziladi. Eritma tog‗ jinsidagi bo‗shliqlarni to‗ldiradi va
qotishib qum zarralarini mustahkam holda bog‗laydi biroq bunda o‗tkazuvchanlik
kamayadi. Mumning qotiruvchi sifatida 15-20% xlorid kislota eritmasi qo‗llaniladi.
Saxalin NIPI neft instituti xodimlarining taklifiga ko‗ra mumga qo‗shimcha qilib
194
donador magniy qo‗shiladi, u xlorid kislotali eritmaning bir qism bilan o‗zaro
reaksiyasi natijasida ajralib chiqaruvchi vodorod g‗ovaklar hosil qilib, tubi zonasini
o‗tkazuvchanigini oshirishga yordam berish.