N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


Tub suvlarning kirib kelishini berkitishni loyihalash



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

Tub suvlarning kirib kelishini berkitishni loyihalash. 
Sement stakani orqali 
kirib keladigan suvlarni bekitishda tubdagi suvlar quduqlarni ishlatish devoridagi 
sementning stakani orqali yoki sifatsiz sementlanganligi sababli kirib kelishi 
mumkin. 
Yangi sement stakanini yaratish uchun buzilgan stakanni yuvish yoki 
mustahkam qatlamchani burg‗ilab olish kerak. 


192 
Uncha chuqur bo‗lmagan quduqlarda sement aralashmasini ishlatish 
obyektlariga tushmasligi uchun ―sifon‖ usulidan yoki tarnovlardan foydalanish
chuqur quduqlarda esa qo‗yuvchi aregatlardan (bosimsiz) foydalaniladi. 
Tubdagi suvlar quduq tubi (zumpf) va ishlatish obyektlari orqaliham kirib 
keladi. 
Bunday holatlarda nuqson ustidan 3-5 m balandlikda stakan o‗rnatiladi. 
Tub suvlarni bekitish texnologiyasi pastki suvlarni bekitish texnologiyasi 
kabidir. Tamponaj neft sement aralashmasi bilan amalga oshiriladi. Bunda tub suvlari 
qum holatlarda quduqqa yoriqlar yoki qatlam kanallari, g‗ovakliklar orqali kirib 
keladi. 
Ko‗p holatlarda suv-neft oraliqlari orqali teshik teshish va u orqali bosim bilan 
sement aralashmasini haydash kerak. Tub suvlarni yo‗lini bekitish uchun sementlash 
oldidan qatlamda bosim ostida gidravlik yorish amalga oshiriladi. 
Quvur orti qismi orqali kirib keladigan suvlarni berkitish

Bunda ham 
filtrning nuqsonlari orqali kirib keladigan suvlarning yo‗li, yuqoridan kirib keladigan 
suvlar kabi aniqlanadi. 
Mahsuldor qatlamni sementlash xavfi bo‗lmasa, nuqsonlar orqali bosim ostida 
sement haydaladi. 
Boshqa holatlarda ham sementsiz aralashmalar haydaladi. 
Yondosh ishlatish quduqlari orqali kirib keladigan suvlarni bekitish. 
Eski 
ishlatiladigan qatlamlarda bir quduqdan ikkinchi quduqqa suvlarni kirib kelishi sodir 
bo‗ladi. Odatda bunday holat quduqlar bir-biriga yaqin joylashganda, ko‗p muddat 
davomida katta qiymatda suyuqliklar olinganda sodir bo‗ladi. 
Bunda suv qatlam yoriklari, tektonik buzilishlar orqali harakatlanadi va 
quduqlarni biroz suv bosgan bo‗ladi. 
Hozirgi paytda bunday quduqlar Toshli, G‗arbiy Toshli, Sharqiy Toshli
Ko‗kdumaloq va hakozo ko‗pgina konlarda uchramoqda. Suv yo‗lini to‗sish uchun 
suvlantiruvchi quduqning filtr teshiklari yordamida suv yoki neft sement eritmasi 
yordamida bosim bilan sementlanadi. 


193 
Sementlash davrida, ulashish va ko‘tarish davrlarida qo‗shni quduqda qarshi 
bosim hosil qilish kerak. Quduqning ichidan hamma yer osti jihozlari chiqariladi, 
chunki sementlash jarayonida sementlar oqim yo‗llari orqali kirib borishi mumkin. 
Sementlashdan keyin sement stakani burg‗ilab olinadi va ishlatish obyekti filtri 
ochiladi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin