190
Donador tamponlovchi materiallarni qo‗llash yuqori samaraga ega. Ivanovo-
Frankovsk neft va gaz institutida donadorlangan magniyni (0,5-1,06 mm) qo‗lash
bilan suv oqimiini chegaralash texnologiyasi ishlab chiqilgan, magniy va uning
oksidini qatlam suvi va xlorlashgan magniyning o‗zaro ta‘siri
natijasida, magniy
gidrooksidining cho‗kindisi va magnezial sement hosil bo‗lishiga asoslanadi.
Magniyning qum bilan aralashmasida magniy massa miqdori 20% ni tashkil qilishi
maqsadga muvofiq, bo‗ladi. Qatlamni gidravlik yorish sxemasi bo‗yicha qatlamda
mavjud yoriqlar kengaytiriladi, magniy-qumli aralashma bilan to‗ldiriladi va ajratish
tuzilmasi hosil bo‗lishi uchun quduq 48-60 soat berkitiladi. Neftga to‗yingan
oraliqlarga tushgan donalarni eritish va oqimni jadallashtirish
uchun kislotali ishlov
berish o‗tkaziladi.
Yuqoridan keladigan suvlarning yo‘lini berkitishni loyihalash.
Bekitish
ishlaridan keyin yuqoridan keladigan suvlarni, ya‘ni ishlatish tizmasining nuqsonli
joylari orqali keladigan suvlarni quyidagi usullarda bekitish mumkin:
a) suvli asosli aralashmali tizmaning nuqsonli joyi orqali bosim ostida haydash
va keyin sement stakanini burg‗ilab olish;
b) notsement aralashmasini quyish va keyin ortikcha
eritmani yuvib olish;
v) qo‗shimcha himoyalovchi tizmani tushirish va keyin sementlash;
g) maxsus pakerlar tushirish.
Quvur orqasi fazasidan filtr teshiklari orqali keladigan yuqoridan keladigan
suvlarni bekitish.
a) filtr teshiklari orqali sement aralashmasini quyish,
keyin sement stakanini
burg‗ilab olish yoki ortiqcha sement eritmasini yuvib tashlash;
b) filtr teshiklari orqali sement eritmasini quyish, keyin ortiqchasini yuvib
tashlash.
Yuqori suvlarni oqimini joyi va harakat yo‗li tizmaning nuqson joyi orqali
quduqqa
kirib kelishi rezistivimetr, manometr, elektro harorat o‗lchagich hamda
fotoelektr va gidro akustik usullar yordamida aniqlanadi.
191
Ishlatish qatlamining quduqdagi filtriga sement aralashmasining tushishini oldini
olish uchun quduqda qum shibbalanadi, agarda kerak bo‗lsa to‗kma
tiqin ustidan
sement stakani qo‗yiladi.
Kirib keladigan suvlarni yo‗lini yopish uchun nuqson joyi orqali bosim ostida
(haydovchi quvur yoki quvur orqali) sement haydaladi.
Suv asosli sement eritmasini tizmadagi harakat yo‗lini kuzatish uchun unga
radiaktiv izotoplar qo‗shib haydaladi. Qotish muddati bo‗lgandan so‗ng quduq
germetiklikka yuqori bosim ostida sinaladi. Undan keyin
tizmadagi sement stakani
burg‗ilanadi, nuqsondan pastda yotgan qumli tiqin yuviladi, nuqsonli joyi esa
germetiklikka yuqori bosim ostida yoki sathni pasaytirish yo‗li bilan sinaladi va
quduq yuviladi.
Agarda tizmada bir nechta nuqsonlar mavjud bo‗lsa, ta‘mirlash ishlari quyidagi
tartibda o‗tkaziladi: birinchidan yuqoridagi
nuqsonli joy bartaraf qilinadi, undan
keyin esa pastda joylashgan joy tuzatiladi.
Quduq tubiga quvur orqasidan kirib keladigan yuqori suvlarni bekitish uchun
tizma filtr teshiklari orqali sementlanadi. Suvli-sementli eritma qo‗llanilganda
ishlatish obyektining quduq tubi zonasining ifloslanish ehtimolligi yuqoribo‗ladi, past
qatlam bosimi mavjudligi bilan harakterlanadi. Bunda neftli sement aralashmasi
qo‗llaniladi.
Yuqoridan keladigan suvlarni ishonchli bekitish ishlarini amalga oshirish uchun
bosim bilan sement haydaladi va quduq tubidagi sement stakanini esa burg‗ilab
olinadi.
Dostları ilə paylaş: