22
topshiriqlari asosida u loyiha-smeta hujjatlari uchun buyurtma beradi, qurilishni
bajarish uchun ruxsat oladi va qurilish ishlari davri davomida barcha turdagi
nazorat ishlarini bajaradi. Quruvchi qurilishni o‘zining xususiy kuch
(mablag‘)lari hisobiga amalga oshiradi yoki pudratchilarni jalb qilish evaziga
bajaradi, qurilish tugallanishi vaqtida esa – ob’yektni foydalanishga qabul qiladi
va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan xususiy mulkka egalik qilish
huquqini qayd qilinishini amalga oshiradi.
Buyurtmachi funksiyasini uning o‘zi
bajarishi mumkin, bunda u maxsus ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni (Kapital
qurilish boshqarmasi – KQB, boshqaruvchi firmalar va boshqalar) yoki
mutaxassislarni jalb qilish asosida ish olib boruvchi bo‘ladi.
Buyurtmachi
– ko‘chmas mulk ob’yektining qurilishida pudrat
shartnomasi yoki davlat shartnomasini imzolovchi yuridik yoki jismoniy shaxs
bo‘lib, qurilishni rejalashtiradi, uning pudratchi tashkilotlar tomonidan amalga
oshirilishida buyutmalarning taqsimlanishini, moliyalashtirishni ta’minlaydi va
ishlab chiqarish ishlari davri davomida nazoratni amalga oshiradi, shuningdek
tugallangan qurilish inshootlari va binolarini qabul qilib oladi. Investor, (puliga)
quruvchi va buyurtmachi bitta shaxs bo‘lishi ham mumkin. Tashqi investor
mavjud sharoitda buyurtmachi uning vakolatli vakili sifatida ish olib borishi
qayd qilinadi.
Foydalanuvchi
– xususiy mulk huquqiga egalik qilish yoki xususiy mulk
egasidan ob’ektdan foydalanish huquqini olgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Dostları ilə paylaş: