16
Qurilish sohasida yuzaga kelgan bu kabi murakkab vaziyat, o‘z navbatida,
mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga to‘sqinlik qila boshlagan.
Qabul qilingan chora–tadbirlar tubdan o‘zgartirishlar amalga oshirilishini
ta’minlay olmagan.
1980-yillarda davlat hukumati va partiya rahbariyati kapital qurilishni
tubdan takomillashtirish masalasini ilgari suradi. Qurilish sohasini tashkil qilish
va boshqarish bo‘yicha, shuningdek loyihalash – smeta ishlari, ekspertiza va
mualliflik nazoratining roli, ish haqi to‘lash va mehnatni rag‘batlantirish tizimini
takomillashtirish haqida, industriallashtirishni rivojlantirilishi va qurilishda
mehnat ish unumdorligini oshirishga doir ketma–ket farmon va qarorlar qabul
qilindi. Biroq, ushbu me’yoriy hujjatlarda qayd qilingan chora-tadbirlar kutilgan
natijalarni bermadi.
Qayta qurish davri boshlanish yillarida (1886 – yil) qurilish–montaj
tashkilotini (QMT) to‘lig’icha xo‘jalik hisobiga o‘tkazish va o‘z–o‘zini
moliyalashtirish tizimini joriy qilishga urinishlar amalga oshirilgan. Biroq,
rejalashtirilgan xo‘jalik va siyosiy tizim inqiroz holatida ekanligi oydinlashdi.
«
Dostları ilə paylaş: