13
shuningdek bu soha odatlanilmagan yo‘nalish hisoblanganligi va kerakli
texnologiyalar hamda asbob-uskunlar, qurilmalarning mavjud emasligi sababli
juda sekinlik bilan amalga oshirilgan. Qurilish industriyasi sohasida zavodlarda
katta ko‘lamdagi moliyaviy vositalarni sarflash uchun hali iqtisodiy shart–
sharoitlar pishib yetilmaganligi uchun ham bu rivojlanish yo‘li istiqbolli
yo‘nalish sifatida tan olinmagan. Barcha temirbeton yig‘malari, yog‘ochdan
ishlangan va ko‘proq miqdordagi metaldan yasaluvchi konstruksiyalar qurilish
maydonlarida va tashkil qilingan vaqtinchalik poligonlarda tayyorlangan. Bu
davrda metall konstruksiyalar va temirbeton yig‘malarini tayyorlovchi dastlabki
zavodlar qurila boshlangan.
1930 yillarning oxirlariga kelib, ishlab chiqarishga oid – texnik bazani
yaratish bo‘yicha ishlar boshlangan. Ishlab chiqarish korxonalari tomonidan
qurilish industriyasiga tegishli yordamchi korxonalar emas, balki mustaqil
faoliyat olib boradigan dastlabki zavodlar qurildi.
Urush yillariga qadar uch yarim yil davomida 3000 dan ortiq yirik
korxonalar ishga tushirilgan. 1939 yilda mamlakat tarixida birinchi marta
qurilish Vazirligi, ya’ni, Sobiq Ittifoq qurilish xalq qo‘mitasi (
Dostları ilə paylaş: