59
xususiyati xosdir. Bunda chiziqli tavsifga ega bo‘lgan rahbariyat o‘z
kenja
bo‘linmalarining faoliyati natijalari uchun to‘liq javob beradi.
So‘nggi vaqtlarda yangi turdagi boshqaruv tuzilmalari rivojlanishi qayd
qilinadi:
jumladan,
matritsa tavsifidagi tuzilma
deb nomlangan –
vaqtinchalik
(ma’lum bir davrida tashkil qilinuvchi) organlar va loyiha (ob’yekt, masala,
ishlanma) bo‘yicha boshqaruv tuzilmalari vujudga kelishi kuzatiladi.
Boshqaruvning matritsa tavsifidagi tuzilmasi
(3.4-rasm) dasturiy –
maqsadli boshqaruv tamoyillariga asoslangan bo‘lib,
bunda bajariladigan
vazifalar doirasida funksional va chiziqli tavsifga ega bo‘lgan kenja
bo‘linmalarning o‘zaro bog‘lanishlarini ta’minlovchi aloqalar ko‘rib chiqiladi.
3.4-rasm. Boshqaruvning matritsa tavsifidagi tuzilmasi.
Bu bog‘lanishlar maxsus tashkil qilinuvchi
organ yoki tegishli
lavozimdagi shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Shunday qilib,
loyihalash
tashkilotlarida loyihaning bosh me’mori (LBME) va loyihaning bosh muhandisi
(LBMU) loyihaning ro‘yobga oshirilishini boshqaradi va bu jarayon uchun
javob beradi, shuningdek ularga topshirilgan ob’yektlar bo‘yicha
institutning
turli bo‘linmalari ishlarini muvofiqlashtiradi. Bu ko‘rinishdagi boshqaruv qaror
topgan tizimni o‘zgartirmaydi, biroq boshqaruv tuzilmasi tarkibida
boshqaruvning qo‘shimcha bug‘ini
vujudga kelishi qayd qilinib, ya’ni bug‘in
60
o‘rtasidagi o‘zaro gorizontal va vertikal tavsifdagi bog‘lanishlarni
muvofiqlashtiruvchi boshqaruv bug‘ini yuzaga keladi.
Qurilishda bu tuzilmalarga misol sifatida katta va murakkab majmualarda
tashkil qilinadigan qurilish shtablarini ko‘rsatish mumkin. Shtab boshlig‘i
sifatida belgilangan shaxs rahbariyat berilgan vakolat doirasida qurilish
majmuasiga oyd barcha masalalarni hal qilishni amalga oshirib, bu faoliyat o‘z
asosiy lavozim tegishli tutgan o‘rnidan mustaqil bajariladi.
Dostları ilə paylaş: