88
Brigadir
– quruvchi ishchilar jamoasining bevosita boshlig‘i hisoblanadi.
Kam
tarkibdagi mehnat jamoalari
zvenolar
deb, nomlanadi va yaxlit bir
ish turini bajaradi. Bir necha ishlar turini bajaradigan ishchilar jamoasi
brigada
deb nomlanadi.
Brigada
– miqdori 10 ta va undan ortiq kishini tashkil qiladigan,
shuningdek 6 kishidan boshlab maxsus bo‘lmagan tavsifdagi ishlarni bajaruvchi
umumiy qurilish ishlari bilan shug‘ullanadigan mehnat jamoasi hisoblanadi.
Brigadir brigadaning boshqa a’zolari kabi, asosiy vaqt davomida brigada
tarkibida mehnat qiladigan ishchi hisoblanadi. Mehnat kunining ma’lum vaqtida
u brigadani boshqarib, shunga yarasha maosh oladi. Brigadir brigadaning ishini
tashkil qiladi, jamoada mehnat intizomini ta’minlaydi
va mehnat taqsimoti
bo‘yicha topshiriqlarning to‘g‘ri bajarilishini ta’minlaydi. Brigadir nisbatan
yuqori
malakali va ishchan, g‘ayratli, tashkilotchilik qobiliyatiga ega va
e’tiborli ishchilar orasidan tayinlanadi. Brigadir
ustadan topshiriq oladi va
brigada a’zolari o‘rtasida ishlarni taqsimlaydi. Uning majburiyatlari tarkibiga
ishlar to‘xtab qolmasligi uchun ish frontini nazorat
qilib turish va ishlarning
bajarilish sifatini ta’minlash kiradi.
3.5.
Qurilish ishlab chiqarishini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini
takomillashtirish
Markazlashtirish darajasiga iqtisodiy muhitning ta’siri.
Yangi shart –
sharoitlarda tashqi iqtisodiy muhit o‘zgarishlari, o‘z navbatida qurilish
korxonalarining tashkiliy tuzilmalari shunga moslashishi kuzatiladi.
O‘zgarishlar quyidagi o‘zaro munosabatlarga aloqador:
Qurilish tashkilotining boshqaruv markazi
va uning tarkibidagi kenja
bo‘limlar o‘rtasida;
Dostları ilə paylaş: